ERMANARIX
ERMANARIX, Germanarix (? — 375) — ostgotlar qiroli; amallar xonadonidan. Shimoliy Qora dengiz bo’ylarida gotlar bilan birgalikda ayrim Alan, slavyan, frakiyalik qabilalardan tashkil topgan qabilalar Ittifoqi rahbari. Qo’shnilari bilan urushlar olib borib ostgotlarga tobe hududni ancha kengaytirgan. Ermanarix “davlati” mustahkam emas edi, tobe qabilalarning, xususan, rosomonlarning isyoni uni larzaga solgan. Gunnlardan qaqshatqich mag’lubiyatga uchragan Ermanarix o’zini o’ldirgan, qabilalar Ittifoqi gunnlar tomonidan tormor qilingan. Ermanarix (Yormunrekk) — germanlar qahramonlik eposi qahramoni.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz