ERLANGER JOZEF



ERLANGER JOZEF (1874.5.1, Sanfrantsisko — 1965.5.12, Missuri shtati) — amerikalik fiziolog, elektrofiziologiya asoschilaridan. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Kaliforniya universitetini tugatgan (1895). Jons Xopkins universitetida (1900-06) ishlagan. Viskonsin shtati universiteti (1906— 10), Sent-Luis (Missuri) Vashington universiteti fiziologiya bo’limi boshlig’i va professor (1910-46). Erlanger elektron ossillograf yordamida nerv hujayralari va tolalaridagi bioelektrik hodisalarni o’rgangan, yuraktomir fiziologiyasi sohasiga munosib hissa qo’shgan; “yurak blokadasi” (miokard biror bo’lagining qo’zg’alishni o’tkazish xususiyatining yomonlashuvi yoki to’la yo’qolishi) tabiatini tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1944, hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz