Erkinjon Turdimov
Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich (oʻzbekcha: Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич; 1969-yil 10-iyul, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2008-yildan). Navoiy viloyati hokimi. 2016-yilda Surxondaryo viloyati hokimligiga tayinlangan. 2018-yildan Samarqand viloyati hokimi. Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov Afgʻoniston vazirligi medali bilan taqdirlandi. Medalni Afgʻoniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy topshirgan.
Biografiyasi
Taʼlim
1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1991—1995-yillarda „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Sirdaryo filialida boʻlim mutaxasisi, „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Zarafshon boʻlimi pul muomalasi boʻlimida bosh mutaxasis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Zarafshon boʻlimi boshqaruvchisi, 1995—1996-yillarda Zarafshon shahar hokimining oʻrinbosari, 1996—2000-yillarda Oʻzbekiston Milliy banki Navoiy boʻlimi boshqaruvchisi, 2000—2008-yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi, 2008-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, 2008-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi.
Erkinjon Turdimov 2008—2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2009—2016-yillarda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, 2016—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi, 2018-yildan Samarqand viloyati hokimi. vazifasida ishlab kelmoqda.
Mukofotlari
E. Turdimov 2006-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.
Ommaviy chiqishlari
Erkinjon Turdimov vaqti-vaqti bilan OAV nazariga tushib turadi. Jumladan, 2018-yilda soxta hisobot bergan rahbarlarni jazolashni taklif qilishi.
Barcha jamoada qorovul, farrosh, haydovchi va boshqa texnik xodimlar shtatlari bor. Garchi xizmati muhim bo‘lsa-da, ularga e’tibor yetarli emas. Maoshi juda kam bo‘lgani uchun bu kasb egalari idoraga nomigagina kelib ketadi, sidqidildan ishlamaydi. Ko‘p jamoalarda ularning munosib sharoitda ishlashi, dam olishi uchun imkoniyat yaratilmagan, ish qurollari, maxsus kiyim uchun mablag‘ ajratilmaydi. Bunday toifadagi kishilar bayramlar munosabati bilan rag‘batlantirishda ham esdan chiqib qoladi. Tashkilotlar rahbarlari, kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari bu masalalarga yil boshida alohida e’tibor qaratib, jiddiy o‘ylab ko‘rsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi
— Erkinjon Turdimov, [10]
2019-yilda E. Turdimov qurilishdagi pinhona kelishuvlar korrupsiyaga yo‘l ochganligi haqida ham gapirib oʻtgan edi.
2020-yilda Samarqand viloyatida sogʻlom turmush tarzi targʻiboti doirasida viloyatdagi barcha rahbarlarni 10 kun davomida ishga piyoda qatnashga chaqiruvi ham muhokamalar keltirib chiqargan edi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org