Erkin Xoʻjayev




Erkin Normatovich Xoʻjayev (1939-yil 27-iyun, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari nomzodi (1969), professor (1992).

Biografiyasi



Erkin Xoʻjayev 1939-yil 27-iyunda tugʻilgan. 1962-yilda Samarqand davlat universitetini tugatgan. 1957—1958-yillarda Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi ishchisi, 1962—1964-yillarda Samarqand tibbiyot instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1964—1966-yillarda Samarqand shahar yoshlar uyushmasining birinchi kotibi, 1966—1976-yillarda Samarqand davlat universiteti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi aspiranti, oʻqituvchisi, dotsenti, 1976—1990-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi mudiri, dotsenti, 1990—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi va iqtisodiy islohotlar, byudjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasi raisi, 1992—1994-yillarda Samarqand kooperativ instituti rektori, 1994-1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi, 1996—2004-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Moliya va kredit“ kafedrasi professori vazifasida faoliyat koʻrsatgan . 2004-yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Moliya va sugʻurta xizmatlari“ kafedrasi professori. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlik uyushmasining birinchi prezidenti (1991-1995), Oʻzbekiston-Eron doʻstlik jamiyatining vitse-prezidenti (1990-1996) sifatida ham faoliyat olib borgan.

Ilmiy faoliyati



Erkin Xoʻjayev 120 dan ilmiy ishlar muallifi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faxriy professori (1992). Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining muxbir aʼzosi (1993).

Unvona va mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz