Erkin Shagayev




Erkin Maqsudovich Shagayev (1959. 12.2, Toshkent) — suv polosi boʻyicha olimpiada oʻyinlari chempioni (1980, Moskva), xizmat koʻrsatgan sportchi (1980). Shagayev ikki karra jahon kubogi gʻolibi (1981, Sakramento; 1983, LosAnjeles), jahon chempioni (1982, Kito). Shagayev Oʻzbekiston jismoniy tarbiya insitutini tugatgan (1981), "Mehnat" sport jamiyatida yoʻriqchi (1977— 1984), suv polosi boʻyicha respublika yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy (1984—1989), jamoat va davlat tashkilotlarida ishlagan (1984—1991). Ped. fanlari nomzodi (1990). Shagayev 1991-yildan Avstraliya terma jamoasida murabbiy.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz