Erkin Roʻziyev (deputat)




Erkin Maxmudovich Roʻziyev (tugʻ.1947-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2020-yil 22-avgust) — oʻzbek muhandisi va davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (1995-yil 9-yanvar — 1998-yil 9-noyabr), Samarqand viloyati hokimi (1992-yil 9-noyabr — 2001-yil 11-sentyabr), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq deputati (1998-2000-yillar fevral).

Biografiya



Erkin Roʻziyev 1947-yil Toshkent viloyatida tugiʼlgan. Roʻziyev Toshkent Oliy partiya maktabini va Toshkent Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Martaba



Mehnat faoliyatini 1964-yilda avtobazada tokarlikdan boshlagan. Soʻngra “Bekobodgaz” trestida chilangar, marten sexida ishchi, poʻlat erituvchi yordamchisi va Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida muhandis boʻlib ishlagan. Besh yil davomida u partiya ishiga rahbarlik qildi.

1990-yilda xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi raisi, soʻng Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi birinchi kotibi , soʻngra Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1992-yil oktyabr oyida Bekobod shahri hokimi etib tayinlandi. 1993-yil 9-dekabrda esa Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

1995-yil 9-yanvarda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi. 1998-yil 9-noyabrdan 2001-yil 11-sentyabrgacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

1998-yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati etib saylangan.

Erkin Roʻziyev 2020-yil 22-avgustda vafot etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz