Erkin iqtisodiy hudud
Erkin iqtisodiy hudud (
EIH ) — bu tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib, aniq belgilangan chegara va maxsus huquqiy rejim (tizim)dagi suveren mamlakatning maʼlum bir hududidir.
EIH — investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, resurslarni kam chiqindili va chiqindisiz qayta ishlovchi yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro aloqa va hamkorlikka taʼsir oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida soliqqa tortish, valyuta, bojxona va shu kabilarni tartibga solishdagi alohida tartib va shart-sharoitlar oʻrnatadigan huquqiy normalar yigʻindisidir.
Erkin iqtisodiy hudud tarixi
EIH — jahon amaliyotida 50- yillar boshi va 60-yillar oxirida paydo boʻlgan xoʻjalik faoliyatini tashkil etishning nisbatan yangi shakli. Ular, ayniqsa, Xitoy, Bolgariya, Italiya, Vengriya, Polshada faol yaratilmoqda va amal qilmoqda.
EIH larni barpo qilishda quyidagi masalalarni hal qilish koʻzda tutadi:
EIHlar tashkil qilishning asosiy maqsadi muayyan mintaqa rivojlanishini ragʻbatlantirish yoki iqtisodiyotning alohida sohalarini tez oʻsishini taʼminlash ekanligini koʻrishimiz mumkin.
EIH turlari
EIHlar turli xil yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi.
Ular material va mehnat resurslarini harakatlanishini taʼminlash maqsadida sanoat uchun yuqori darajali yangi texnologiyalarni yaratishi va kiritishini tezlashtirish uchun yuqori darajali yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tashkil qilinadi.
Faoliyat yuritish shakli boʻyicha EIH larni quyidagi turlarini koʻrishimiz mumkin:
Shu bilan birga, bir funksiyali zonalar amaliyotda deyarli kamdan-kam uchrashini aytib oʻtish kerak.
Amaliyotda bir qancha funksiyalarni (savdo, bojxona, ishlab chiqarish, tadqiqot olib borish) birlashtiruvchi hududlar koʻp tarqalgan boʻlib hisoblanadi. Ularni kompleks hududlar deb atashadi.
Oʻzbekistonda ham 2008-yildan eʼtiboran Navoiy Erkin iqtisodiy hududi (Wayback Machine saytida 2012-08-26 sanasida arxivlangan) tashkil qilina boshlandi. [1] (Wayback Machine saytida 2013-08-05 sanasida arxivlangan) [2] (Wayback Machine saytida 2013-03-02 sanasida arxivlangan) [3] Hozirda qo'shnilarimiz Tojikistonda 2 ta va Turkmanistonda 10 ta erkin iqtisodiy hududlar mavjud.
Havolalar
uz.wikipedia.org