Erkin Gadoyev
Erkin Fayziyevich Gadoyev (tugʻ. 1959-yil Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan iqtisodchi., Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Soliq akademiyasi rektori, Oliy Majlis Senati aʼzosi.
Biografiyasisi
Erkin Gadoyev Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 2001-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2006-yildan 2018-yil dekabrigacha Erkin Fayziyevich Oʻzbekiston Soliq akademiyasi rektori lavozimida ishlagan. 2020-yil yanvar oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi departament direktorining birinchi oʻrinbosari. 2020-yil 20-yanvardan esa Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi etib tayinlandi. Shuningdek, 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Buxoro viloyatidan senator etib saylangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org