Erkan Kolçak Köstendil




Erkan Kolçak Köstendil (1983-yil 16-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor va rejissyor. U oʻz faoliyatini teatr spektakllari, filmlar va teleseriallardagi rollar orqali boshlagan va Ulan Istanbul va keyinchalik Chuqur filmidagi Vartulu Saadettin (Salih) roli bilan tanilgan. U yana Görünen Adam va Yaratılan fantastik filmlarida oʻynagan. Shuningdek, Yilan Hikayesi, Qashqirlar makoni, Sakarya Fırat, Merhamet, Koʻsem (teleserial) kabi mashhur seriallarda yordamchi rollarni ijro etgan. U bir nechta qisqa metrajli filmlardagi roli uchun mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Hayoti va martabasi



Köstendil 1983-yilda Bursada tugʻilgan. Bursa Otaturk litseyini bitirgan. Oʻrta maktab yillarida Bursaspor futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Aktyorlik faoliyatini Tuncay Özinel teatrida AuT va Karşı Cinsle Tanishma Sanati kabi bir qancha rollarni ijro etishdan boshlagan.

2009-yilda u Mukadderat serialini yozgan va rejissyorlik qilgan, serial Facebookda internetda online chop etilgan. Oʻsha yili u MAT serialida rol oʻynagan va „Emre“ obrazini tasvirlagan. 2010-yilda Vakit qisqa metrajli filmini yozish orqali Sinepark 4-qisqa metrajli filmlar festivali, Eskishehir Kral Midas qisqa metrajli filmlar festivali va 47- Xalqaro Antaliya Film Festivalida mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Köstendil Amsterdam va Istanbulda suratga olingan Torbacının Esrari badiiy filmi ssenariysini ham yozgan. Uning toʻrtinchi qisqa metrajli film loyihasi 2018-yilda chop etilgan va Los-Anjeles Film mukofotlarida Turkiyaning yaxshi komediya asarlaridan biri sifatida baholangan.

Teatr




Filmografiyasi



Veb-seriyalari




Televizion seriallari




Filmlari




Diskografiyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz