Enriko Karuzo, Mario Lantsa, Mario del Monako. Bular tenor deb ataluvchi latifligi bobida nodir ovoz sohibi sifatida butun dunyoga tanilgan italyan qo’shiqchilarining nomlari. Oydin va jarangdor, shuning barobarida ajoyib va yoqimtoy tembrga ega. Uning diapozoni kichik oktava “do”dan ikkinchi “do”ga qadar. Tenor-altino (eng kuchli qo’shiqchi) hattoki ikkinchi oktava “mi”gacha yetkaza oladi. Opera kompozitorlari aksariyat hollarda bosh qahramonlar partiyasini tenorlarga topshiradilar. Chaykovskiyning “Yevgeniy Onegin” operasidagi Lenskiy va “Pikovaya dama”dagi German, Bizening “Karmen” operasidagi Xoze, Verdining “Rigoletto” operasidagi Gersog — bu ro’yxatni ancha davom ettirish mumkin. Nechog’li rang-barang qahramonlar! Ammo bu qahramonlarning ovozlari ham turlichadir.
Manba
Mo’jiza kitobning 3-jildi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish