Erk saodati




„Erk saodati“ , toʻliq nomi „Saylanma. Erk saodati. 6-jild: Maqolalar, suhbatlar, sharhlar, xotiralar“  — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub proza asarlar toʻplami. Yana yetti kitob – „Bahor tarovati“, „Yoz harorati“, „Kuz saxovati“, „Qish halovati“, „Qalb sadoqati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning oltinchi jildi. 2018-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga muallif Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin yozgan publitsistik asarlari kiritilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Mirzo Kenjabek – nashrga tayyorlovchi, Nosirjon Joʻrayev – mas’ul muharrir, Feruza Basharova – badiiy muharrir va dizayner, Mastura Atxamova – sahifalovchi, Sharofat Xurramova – musahhih. Kitob adadi – 2 000 nusxa.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz