Erk Qalʼa




Erk qalʼa — koʻhna Marv shahri xarobasini tashkil etgan qalʼalardan biri. Turkmanistondagi Murgʻob daryosining oʻrta oqimi boʻyida, Bayramali shahri yaqinida joylashgan. Erk qalʼa Marvning eng qadimiy qismi hisoblanadi. Erk qalʼaning tarhi ovalsimon (400×500 m — 20 ga) boʻlib, Gavr qalʼa mudofaa devorlarining shim. qanotiga tutashgan. Erk qalʼaning markazida./ bal. 25 m dan ziyod ark (50×50 m) joylashgan. Arkning shim.da pastak maydoncha boʻlib, unda harbiy garnizon va toshotar qurollar oʻrnashgan. Erk qalʼada dastlabki qazishmalar 1890-yil Rossiya Arxeologiya komissiyasi aʼzosi V.A. Jukovskiy tomonidan oʻtkazilgan. 1904-yil R.Pampelli boshchiligidagi amerikalik ekspeditsiya, 1937-yil B.B.Piotrovskiy, A.A.Marushchenko va 1947-yil S.A.Vyazigin, 1950—1992-yillarda M.Ye.Masson rahbarligi ostida Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar Erk qalʼaning miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-choragida bunyod etilganini koʻrsatdi. Sosoniylar davrida (3—5-asrlar) markaziy tepalikda maʼmuriy bino qad koʻtargan, u keyinchalik arablar tomonidan xalifa Maʼmunning Marvdagi qarorgohi sifatida foydalanilgan. Yozma manbalarga koʻra, Erk qalʼa 10-asrdan xarobaga aylangan. Erk qalʼa dan koʻplab sopol va shisha idishlar, sosoniylar tangalari, jez pichoqlar, toshqolip, jez paykonlar topilgan.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz