Erjiyos




Erjiyos (qad. nomi Argeus) — Anadolu yassitogʻligining janubi-sharqiy qismidagi vulkan, Turkiyada. Andezit, datsit, liparitlardan tuzilgan. Bal. 3916 m, Kichik Osiyodagi eng baland choʻqqi. Yon bagʻirlarida mayda konus va krater koʻp. Yunon geografi va tarixchisi Strabon qoldirgan maʼlumotga koʻra, soʻnggi marta 1-asrda otilgan. Yon bagʻri dasht, yuqorisi butazor, archazor, alp oʻtloqlaridan iborat. Choʻqqisida muzliklar bor.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz