ERITRODERMIYA



ERITRODERMIYA (Yunoncha qizil va — teri) — butun gavda terisi yoki ko’pgina qismining yallig’lanishi (qizarishi, shishishi, po’st tashlashi, qipiqlanishi, qichishishi) bilan kechadigan kasallik. Mustaqil kasallik sifatida paydo bo’ladigan birlamchi Eritrodermiya (masalan, Ritter eksfoliativ dermatiti), shuningdek, ekzema, psoriaz va boshqalar teri kasalliklari yoki umumiy kasalliklar (zamburug’li mikoz, qon kasalliklari) tufayli vujudga keladigan ikkilamchi Eritrodermiya farq qilinadi. Kasallik o’tkir, o’rtacha o’tkir va surunkali kechadi. Davolash Eritrodermiyaga sabab bo’lgan omilni bartaraf etish va kasallik belgilariga qarab doridarmonlar buyurishdan iborat.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz