Erwin Helmchen




Erwin Helmchen (talaffuzi: Ervin Xelmchen) (1907-yil 10-may — 1981-yil 8-iyun)—nemis futbolchisi. Erwin Helmchen hujumchi sifatida oʻynagan. RSSSF maʼlumotlariga koʻra, Erwin Helmchen 578 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 987 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Klublardagi faoliyati



FV Brandenburg Cottbus



Helmchen oʻz faoliyatini 1923-yilda „ FV Brandenburg Cottbus“ futbol klubida boshlagan. Erwin Helmchen „FV Brandenburg“ futbol klubi bilan Janubiy Sharqiy Germaniya futbol chempionati finalida ishtirok etdi. Erwin Helmchen klub safida 86ta rasmiy o‘yinda 152ta gol urishga erishdi.

PSV Chemnitz



1928-yilda Helmchen „PSV Chemnitz“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Erwin Helmchen klub safidagi oʻzining dastlabki besh mavsumida 213 ta gol urdi. 1932-yilda „PSV“ jamoasi "Dresdner SC" futbol klubiga qarshi Markaziy Germaniya futbol chempionati finalida toʻqnash keldi. Ushbu uchrashuvda „PSV“ jamoasi qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng raqiblari ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. Erwin Helmchen „PSV“ jamoasi uchun 1931— 1932-yilgi mavsumda jami 120 ta gol urdi. Keyinchalik „PSV“ jamoasi 1932-yilgi Germaniya futbol chempionatida ishtirok etdi va u yerda chorak finalda Germaniya chempioni "Bayern Munich" futbol klubiga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Biroq, Helmchen oʻsha musobaqada 5 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

1935-yilgi Germaniya futbol chempionatida „PSV“ jamoasi yarim finalda "Schalke 04" futbol klubiga qarshi oʻyinda 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Ushbu uchrashuvdagi „PSV“ klubining ikkala golini ham Helmchen kiritdi.

1935—1936-yilgi Germaniya chempionatida „PSV“ futbol klubi finalda „Gauliga Südwest/Maingessen“ futbol klubi jamoasi ustidan gʻalaba qozondi. Uchrashuvda Erwin Helmchen jami toʻqqizta gol urdi. 1936-yilgi Germaniya futbol chempionati guruh bosqichida „PSV“ futbol klubi Dortmundning Stadion Rote Erde stadionida 40 000 tomoshabin ko‘z o‘ngida „Schalke 04“ futbol klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu oʻyinda Erwin Helmchen raqib darvozasiga ikkita gol urib, g‘alabaga hissa qo‘shdi..

„PSV“ futbol jamoasi 1936—1937-yilgi mavsumda ikkinchi oʻrinni egallagan edi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Helmchen 1945-yilda "SG Chemnitz Nord" futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. U yerda Helmchen Chemnitz mintaqaviy musobaqalarida oʻynadi. Jamoa ushbu musobaqalarda 1947-yilda birinchi, 1948-yilda uchinchi oʻrinni egalladi. 1948—1949-yilgi mavsumda Erwin Helmchenning jamoasi „Meeraner SV“ futbol klubiga qarshi finalda magʻlub boʻldi. Erwin Helmchen 1949-yil 23-yanvarda Saksoniya milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Helmut Schön tomonidan markaziy hujumchi sifatida terma jamoaga jalb qilingan.

Helmchen keyinchalik Schleswig-Holstein shahriga koʻchib oʻtdi. Shundan soʻng, Erwin Helmchen 1950-yil fevral oyidan boshlab „VfB Lübeck“ futbol klubida faoliyatini davom ettirdi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz