Eriko Arakawa




Eriko Arakawa (yaponcha: 荒川 恵理子 Arakawa Eriko?, 1979-yil 30-oktabrda tug'ilgan) yapon futbolchisi. U Chifure AS Elfen Saitama safida oʻynaydi. U Yaponiya terma jamoasida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati



Arakawa 1979-yil 30-oktyabrda Tokioning Nerima shahrida tavallud topgan. 1997-yilda u yoshlar jamoasidan L. League klubi Yomiuri-Seiyu Beleza (keyinchalik Nippon TV Beleza ga oʻzgartirilgan)ga qoʻshildi. U 2003 va 2004-yillarda "Eng yaxshi oʻn birtalik" deb tanlandi. 2008-yil sentyabr oyida WPS xalqaro loyihasida u FC Gold Pride tomonidan AQShda joylashgan Ayollar Professional Futbol ligasining yuqori saviyali jamoasiga tanlab olindi.

FC Gold Pride uchun birinchi oʻyinida Arakawa Boston Breakers darvozasiga klub tarixidagi ilk golini urdi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bu uning oʻsha mavsumdagi yagona goli boʻldi. 2009-yilgi WPS mavsumi tugaganidan soʻng, u Nippon TV Belezaʼga qaytib keldi.

2010-yilda u Urawa Redsga koʻchib oʻtdi. 2013-yildan boshlab u Chifure AS Elfen Saitama (2013-2014, 2016), Nippon TV Beleza (2015) va Nippon Sport Science University Fields Yokohama (2017) klublarida oʻynadi. U 2018-yildan boshlab hozirgi kungacha Chifure AS Elfen Saitama jamoasida oʻynamoqda.

Terma jamoadagi faoliyati



2000-yil 10-iyunda Arakava Yaponiya terma jamoasida Kanadaga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2003, 2007-yilgi Jahon kubogi, 2004 va 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Yaponiya terma jamoasi shaʼnini himoya qildi. U 2011-yilgacha Yaponiya terma jamoasi safida 72 ta oʻyinda ishtirok etib, 20 ta golni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

Klub statistikasi




Milliy terma jamoa statistikasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz