Erik Pieters
Erik Pieters (talaffuzi: Erik Piters; 1988-yil 7 avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, West Bromwich Albionda chap qanot himoyachisi.
Faoliyati
Ilk faoliyati
Tielda tugʻilgan Pieters Rheliconing voyaga yetmaganlar jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynay boshlagan. Sinov muddatidan soʻng Utrecht yoshlar akademiyasiga qoʻshildi.
Utrecht
Pieters Utrechtdagi Erediviziya debyutini Willem II ga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi. Ilk mavsumida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Utrecht 2006—007-yilgi mavsumni 9-o‘rinda yakunladi. 2007—2008-yilgi mavsumda Pieters Yevropadagi debyutini iyul oyida Intertoto kubogida oʻtkazdi. 35 oʻyinda maydonga tushdi va „Willem II“ va „Groningen“ga qarshi dubl qayd etdi.
PSV Eindhoven
2008-yil 9 iyulda Eredivizion chempioni PSV Eindhoven chap qanot himoyachisini 2,5 million yevro evaziga sotib olgani tasdiqlandi. Pietersga Slobodan Rajković kiygan 14-raqamli futbolka berildi. PSVdagi debyutini sobiq jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 5:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. UEFA Chempionlar Ligasidagi debyuti sentyabr oyida Atlético Madridga qarshi oʻyinda boʻldi. 2008—2009-yillarda Pieters PSV bilan 23 ta oʻyinda oʻynadi.
Stoke City
Pieters Angliyaning Stoke City klubi bilan 2013-yil 28-iyun kuni 3,6 million yevro (3 million funt sterling) evaziga 4 yillik shartnoma imzoladi. 2013-yilning 17-avgustida Liverpoolga qarshi o‘yinda (1:0) „Stoke“ safida debyut qilgan. Pieters „Stoke“dagi birinchi golini 2014-yilning 12-aprelida Newcastle Unitedga qarshi oʻyinda (1:0) urdi. Pieters 2013—2014-yilgi mavsumda „Stoke“ tarkibida 39 ta oʻyinda maydonga tushdi.
2019-yilning 31-yanvarida Pieters Fransiyaning Amiens klubiga ijara asosida qo‘shildi. 2018—2019-yilgi mavsumning qolgan qismida „Amiens“ safida 15 ta oʻyinda oʻynadi.
Burnley
2019-yil 8-iyulda Pieters Burnley bilan nomaʼlum to‘lov evaziga shartnoma imzoladi. 2022-yil 10-iyun kuni Burnley Pietersning shartnomasi muddati tugagach, iyun oyi oxirida klubni tark etishini eʼlon qildi.
West Bromwich Albion
2022-yil 13-sentyabrda Pieters EFL chempionati klubiga West Bromwich Albionga tekinga oʻtdi va mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Ertasi kuni Birmingham Cityga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi.
Xalqaro faoliyati
Pieters 2005-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi bilan beshta oʻyin oʻtkazdi. Jamoa yarim finalgacha chiqdi.
2012-yil 7-may kuni Pieters Yevro-2012 turniri uchun 36 nafar futbolchilarning vaqtinchalik roʻyxatiga kiritildi. Lekin oyogʻidan olgan jarohati tufayli musobaqada qatnasha olmadi
Faoliyat statistikasi
Klub
7-may, 2022-yil[22]
Xalqaro
4-sentybar, 2014-yil holatiga koʻra[38]
Yutuqlari
PSV Eindhoven Niderlandiya Manbalar
uz.wikipedia.org