Erik Haula
Erik Haula (talaffuzi: Erik Xaula) (1991-yil 23-martda tugʻilgan) — finlandiyalik professional xokkeychi. Erik Haula avvalroq „Minnesota Wild“, „Vegas Golden Knights“, „Carolina Hurricanes“, „Florida Panthers“, „Nashville Predators“ va „Boston Bruins“ kabi xokkey klublarida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati
Havaskor
Haula 2008—2009-yilgi xokkey mavsumini Minnesota shtatining Faribault shahridagi „Shattuck-Saint Maryʼs“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Erik Haula klub safida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, 79 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. 2009-yil mart oyida Erik Haula Minnesota universitetiga oʻqishga kirishdi. Shundan soʻng, Erik Haula universitet xokkey klubi jamoasi safiga qoʻshildi. Uch oy oʻtgach, 2009-yil 27-iyunda, Haula 2009-yilgi NHL kirish loyihasida 182-oʻrindagi tanlov asosida „Minnesota Wild“ xokkey jamoasi safiga qabul qilindi.
Professional
Minnesota Wild 2013-yil 7-aprelda Erik Haula „Minnesota Wild“ xokkey klubi bilan boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. 2013-yilning 29-noyabrida Erik Haula NHLdagi ilk oʻyinini „Colorado Avalanche“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3-1 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. 2014-yil 18-yanvarda Erik Haula „Minnesota Wild“ xokkey klubi safida oʻzining NHLdagi birinchi golini „Dallas Stars“ xokkey klubi darvozasiga kiritdi. 2014-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichida Erik Haula klub safida 13 ta pley-off oʻyinida toʻrtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Vegas Golden Knights 2016—2017-yillarda „Minnesota Wild“ xokkey klubi bilan toʻrtinchi mavsumini yakunlaganidan soʻng, Erik Haula cheklangan erkin agent sifatida „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi bilan uch yillik 8,25 million dollarlik shartnoma imzoladi. Yangi jamoasi haqida gapirar ekan, Erik Haula shunday dedi: „Vegasda ilgari hech narsa boʻlmagan. Hammasi yangi. Bu hamma uchun ajoyib imkoniyat, shuning uchun siz oʻsha yerdan barcha narsalarni oʻzingiz qurilishni boshlaysiz. . . Faoliyatimdagi bunday imkoniyatdan juda xursandman.“. Biroq, 14-oktyabr kuni Erik Haula oʻyinda jarohat oldi va bir haftalik oʻyinlarni oʻtkazib yubordi. Toʻrtta oʻyinni oʻtkazib yuborganidan soʻng, Erik Haula 27-oktyabr kuni „Colorado Avalanche“ xokkey klubiga qarshi bahsda „Vegas Golden Knights“ klubi safiga qaytdi. Erik Haula muntazam mavsumni 76 ta o‘yinda 55 ochko to‘plagan holda yakunladi.
Carolina Hurricanes 2019-yil 26-iyun kuni Erik Haula „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Keyin Erik Haula 2019—2020-yilgi mavsumda klub safida harakat qildi.
Florida Panthers Erik Haula 2020-yil 24-fevralda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi tomonidan Lucas Wallmark, Eetu Luostarinen va Chase Priskie bilan birga „Florida Panthers“ xokkey klubi aʼzolari evaziga almashtirildi.
Nashville Predators 2020-yil 23-dekabrda Erik Haula erkin agent sifatida „Nashville Predators“ xokkey klubi bilan bir yillik 1,75 million dollarlik shartnoma imzoladi. Erik Haula 2020—2021-yilgi mavsumda 51 ta oʻyinda 21 ochko jamgʻardi.
Boston Bruins Haula 2021-yil 28-iyulda „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan ikki yillik 4,75 million dollarlik shartnoma imzoladi. 2021-yil 13-noyabrda Erik Haula o‘zining birinchi golini „Boston Bruins“ klubi safida „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:2 hisobida g‘alaba) kiritdi. Haula mavsumni 78 ta oʻyinda maydonga tushib, 44 ochko toʻplagan holda yakunladi.
New Jersey Devils 2022-yil 13-iyulda Erik Haula Pavel Zacha evaziga „New Jersey Devils“ xokkey klubiga almashtirildi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org