Erik Christensen
Erik Christensen (talaffuzi: Erik Kristensen) (1983-yil 17-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Erik Christensen oxirgi marta Shvetsiya xokkey ligasi (SHL) vakili „HV71“ xokkey jamoasida oʻynagan edi.
Oʻyin faoliyati
Erik Christensen 2002-yilgi NHL kirish loyihasining uchinchi bosqichida umumiy 69-oʻrindagi tanlov asosida „Ptitsburgh Penguins“ xokkey klubi safiga qabul qilindi. 2002—2003-yilgi mavsumda Erik Christensen Gʻarbiy xokkey ligasining (WHL) yetakchi toʻpurari boʻlgani uchun Bob Clarke kubogini qoʻlga kiritdi.
Erik Christensen oʻzining birinchi NHL golini 2005-yil 3-noyabrda „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda darvozabon Rick DiPietro darvozasiga ( „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safida) kiritishga muvaffaq boʻldi. Erik Christensen 2007—2008-yilgi mavsumda „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safida 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ochko (6 gol) qoʻlga kiritdi.
2008-yil 26-fevralda „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi Erik Christensen Colby Armstrong, Angelo Esposito va Marian Hossa va Pascal Dupuis kabi „Pittsburgh Penguins“ xokkeychilarini sotib oldi.
2009-yil 4-martda „Atlanta Trashers“ klubi Erik Christensenni Eric O'Dell evaziga „Anahreim Ducks“ xokkey klubiga yubordi. Erik Christensen mavsumning qolgan qismida „Anaheim Ducks“ klubi safida 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Erik Christensen, shuningdek, klub tarkibida 2009-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Erik Christensen 2009-yil 2-dekabrda „New York Rangers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
2012-yil 5-iyun kuni Erik Christensen Chexiyadagi Kontinental xokkey ligasi vakili „HC Lev Praha“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Erik Christensen 2013-yil 22-oktyabrda „HV71“ xokkey klubi bilan Shvetsiya xokkey ligasida oʻz faoliyatini davom ettirish uchun kelishuvga erishdi. Erik Christensen klub safida toʻrt mavsum davomida harakat qildi. 2016—2017-yilgi mavsumda Erik Christensen „HV71“ xokkey klubiga 5-Le Mat kubogini qoʻlga kiritishga yordam berdi. Shundan bir hafta oʻtgach, Erik Christensen „HV71“ klubi bilan yangi shartnoma imzolamadi va erkin agentga aylandi. Keyin Erik Christensen 13 yillik professional faoliyatini yakunlab, uyiga, Edmonton shahriga qaytishini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org