Eridan 82
Eridan 82 yoki
HD 20794 (lotincha: 82 Eridani yulduz turkumidagi) G8 asosiy ketma — ketlikdagi yagona yulduzdir. U Quyoshdan taxminan 20 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Yulduzda kamida uchta sayyora mavjudligi aniqlangan.
Fizik xususiyatlari
Sariq mitti — Eridan 82 Quyoshimizga nisbatan xiraroqdir. Yulduz oʻz oʻqi atrofida 0,52 km / s tezlikda aylanadi (Quyosh 2 km / s tezlikda aylanadi). bu Yulduz galaktikamizdagi boshqa jismlarga nisbatan juda tez harakat qiladi. Demakki, u II populyatsiyaga tegishli boʻlib, past metalllik darajasiga ega. Eridani 82 ningalaktik orbitasi 0,40 ga teng juda yuqori eksantriklikka ega va galaktika yadrosidan 4,6 kiloparsek dan 10,8 kpc gacha masofada oʻtadi. Yulduzning massasi Quyosh massasining taxminan 70% ni tashkil qiladi.
Sirt harorati tahminan 5401 Kelvin ga tengdir. Astronomlar Yulduzning yoshini 5,76 milliard yil deb aniqladilar, bu bizning yorugʻlik manbaimizdan biroz kattaroqdir.
Sayyora tizimi
HARPS spektrografi bilan ishlovchi astronomlar 2011-yil avgust oyida tizimda birdaniga uchta sayyora aniqlanganligini eʼlon qilishdi. Ularning barchasi oʻta issiq boʻlib — oʻz ota yulduziga juda yaqin orbitada aylanadi. Quyida ularning xususiyatlari keltirilgan. Sayyoralarning kashfiyoti Doppler usuli bilan amalga oshirildi.
Yulduzning eng yaqin muhiti
Quyidagi yulduz tizimlari Eridana 82 dan 10 yorugʻlik yili masofasida joylashgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org