Erick Pulgar




Erik Antonio Pulgar Farfan (talaffuzi: Erik Antonio Pulgar Farfan; 1994-yilning 15-avgustda tugʻilgan) — chililik futbolchi, yarim himoyachi hisoblanadi. U „Flamengo“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Deportes Antofagasta



Antofagastada tugʻilgan Pulgar janubi-gʻarbiy Miramar jamoasiida 6 yoshida oʻynay boshlagan. 15 yoshida u yoshlar chempionatiga taklif oladi, u yerda professional Karlos Karkamo yosh futbolchiga Deportes Antofagasta yoshlar jamoasi bilan shartnoma imzolashni taklif qiladi. Antofagasta tarkibida Pulgar qanot va chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. U 2013-yilda klubda debyut qiladi, keyin esa oddiy asosiy jamoa futbolchisiga aylangan. U baland boʻyli, tezkor oʻyinchi sifatida taʼriflanadi, u yaxshi pas oʻyini bilan juda yaxshi himoyalana oladi. U 2014-yilda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.

Universidad Catolica



2014-yil 28-iyunda Deportes Antofagasta oʻzining 70 % huquqlari uchun 400 000 dollar evaziga Universidad Católicaga oʻtishga erishdi. Universidad Catolica bilan uch yillik shartnoma imzo chekdi.

U 2014—2015-yilgi chempionatda Universidad Catolicaaning eng koʻzga koʻringan futbolchisi boʻla oldi. U murabbiy Mario Salas kelganidan keyin yarim himoyachi sifatida oʻynay boshladi.

Boloniya



2015-yilning 20-avgustida Italiyaning „Bolonya“ klubi uni „Universidad Catolica“ dan sir tutilgan toʻlov evaziga toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Unga 5-raqamli futbolka berildi. 2019-yilning 11-yanvarida uning shartnomasi 2022-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirildi.

Fiorentina



U 2019-yilning 9-avgustida „Fiorentina“ bilan shartnoma imzolagan.


Galatasaroy (ijara)



2022-yilning 3-fevralida u chempionat oxirigacha „Galatasaroy“ga ijaraga berildi.

Sovrinlari



Chili




Milliy terma jamoa gollari




Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz