Erica Fernandes




Erica Jennifer Fernandes  — (talaffuzi: Erika Jennifer Fernandes) hind aktrisasi va modeli, asosan hind televideniyesi va filmlarida suratga tushadi. U Kuch Rang Pyar Ke Aise Bhi filmida doktor Sonakshi Bose rolini ijro etgan holda televideniye debyuti bilan muvaffaqiyatga erishgan. Shuningdek, Erica janubning koʻplab filmlarida rol ijro etgan, jumladan Ninnindeyl va Galipatam filmida. Erica Prerna Sharma obrazi bilan ham tanilgan.

Yoshlik davri



Erica Mumbayda Ralf Fernandes va Lavina Fernandes oilasida Konkani mangalorlik katolik oilasida tugʻilgan. U Kurla shahridagi oʻrta maktabda oʻqigan va Sies Sanʼat, fan va tijorat kollejida, Siondagi Pre-Degree kursini tamomlagan. Erica Bandradagi Sent-Endrew kollejida bakalavr darajasiga oʻqishga kirgan. Keyinchalik u modellik kasbini egallash uchun oʻqishni toʻxtatgan. 

Faoliyati



Modellik faoliyati



Erica bolaligidan har doim model boʻlishga intilgan, bu unga mos ravishda 2010 va 2011-yillarda Bombay Times Fresh Face, Pantaloons Femina Miss Fresh Face 2011 va Pantaloons Femina Miss Maharashtra tojini qoʻlga kiritgan.


Film debyuti va muvaffaqiyati (2013-2015)



Rejissor Sasi uning suratlarini Meera Kathiravanning ofisida koʻrib qolgan. Sasi unga oʻzining sevgiga juda qiziqadigan yigit rolini oʻynaydigan Bharath bilan birga filmda dasturiy taʼminot muhandis qiz rolini taklif qilgan. Boshqa filmlarining kechikishi tufayli Ainthu Ainthu Ainthu uning filmdagi birinchi chiqishi boʻldi. 2014-yilda u Kannadada ilk debyutini Puneet Rajkumar bilan birga ishtirok etib Ninnindale filmi bilan amalga oshirgan, undan soʻng rejissyor Nila Madhab Panda tomonidan suratga olingan Babloo Happy Hai hind filmida namoyish etilgan.

Aktrisa rejissyor Kumarning oʻgʻli Sujiv ishtirokidagi ikki tilli Virattu/Dega filmida bosh rolni oʻynash uchun tanlangan. Telugu versiyasida olingan Dega filmi 2014-yil oxiriga koʻchirilgan va qayta Galipatam nomining berilishi bilan birinchi telugu talqiniga aylangan. Film tanqidchilardan munosib baho olgan. 2015-yilda u Kannadaning Buguri filmida namoyon boʻlgan.


Soʻnggi ishi



2021-yilda Fernandes Kuch Rang Pyar Ke Aise Bhi: Nayi Kahaani serialining uchinchi mavsumida Shahir Shaikh bilan birga doktor Sonakshi Bose rolini takrorlagan.

OAVda



2017-yilda Fernandes Times of India „Hindiston televideniyesining mashxurlari“ roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi.

Erica Times of India jurnalida 2018-yilda „Hindiston televideniyasi roʻyxatida eng jozibali ayollar“ roʻyxatida 3-oʻrinni egallagan. Fernandes The Times Most Desirable Women in TV 2020 reytingida birinchi o‘rinni egallagan.

Filmografiyasi



Filmlarda




Kliplarda




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz