Eric Van Meir




Eric Van Meir (niderlandcha: Eric Van Meir)—Belgiyalik futbolchi.1968-yil 28-fevralda Belgiyaning Deurn shahrida tavallud topgan."Liers", „Sharlerua“ va Belgiya terma jamoasida oʻynagan.1994,1998 va 2002-yillardagi jahon chempionatlari shuningdek,2000-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.Keyinchalik murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi.

Klubdagi faoliyati



1985-yilda Van Meir faoliyatini „Berxem Sport“da boshlagan.1991-yilning yozida u „Sharlerua“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda besh mavsum oʻtkazdi.Buning uchun terma jamoaga chaqiruv oldi.1996-yilda Eric „Liers“ klubi bilan shartnoma imzoladi.Van Meir yangi jamoasi bilan Liga Jupile gʻolibi boʻldi va ikki marta Belgiya Superkubogini, shuningdek,1999-yilda milliy kubogini qoʻlga kiritdi. „Liers“ klubidagi besh mavsumdan soʻng,Eric faoliyatini mahalliy „Standart“ klubida tugatish uchun Lyejga joʻnab ketdi.Ikki mavsumda u 35 ta uchrashuv oʻtkazib 2 ta gol urdi.Klublardagi faoliyati davomida 438 ta oʻyinida 82 ta gol urgan.

Xalqaro miqyosda



1993-yilda Van Meir Belgiya terma jamoasidagi debyut qildi. 1994-yilda u milliy terma jamoaning AQShdagi jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritildi.Eric musobaqaga zaxira oʻyinchisi sifatida bordi va birorta uchrashuvda qatnashmadi.1998-yilda u ikkinchi marta jahon chempionatida ishtirok etdi, lekin birinchi marta boʻlgani kabi u bir daqiqa ham oʻynamadi.

2000-yilda Van Meir Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Musobaqada u ham oʻrinbosar rolida boʻlib, maydonga tushmadi.2002-yilda Eric uchinchi marta jahon chempionatida ishtirok etdi.Musobaqada u Rossiya,Tunis va Yaponiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.Jahon chempionatidan soʻng darhol terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.Terma jamoa safida Eric 35ta oʻyin oʻtkazib 1ta gol urgan.

Yutuqlari



Jamoaviy

"Liers"

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz