Eric J. Christensen




Erik J. Kristensen (1977-yilda tug'ilgan) - amerikalik astronom olim va kometalarning kashfiyotchisi. U Catalina Sky Survey kompaniyasida tatqiqotchi olim bo'lib ishlaydi va tatqiqotning Yerga yaqin obyektini o'rganish uchun mas'ul hisoblanadi.

Ish faoliyati



Erik J. Kristensen NASA tomonidan moliyalashtirilgan va Tuksondagi Arizona universitetining Oy va sayyoralar laboratoriyasida joylashgan Catalina Sky Survey (CSS) direktori hisoblanadi. Erik J. Kristensen Yerga yaqin obyekt (NEO) bo'yicha tadqiqotlar direktori, jumladan kuzatish, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, kadansni optimallashtirish bilan shug'ullanadi. Shuningdek, teleskop va asboblarga texnik xizmat ko'rsatish va kollimatsiya, tadqiqotni modellashtirish va optimallashtirish va loyihalarni boshqarish kabi vazifalarni bajaradi. Ushbu olim, shuningdek, meteoritlarni o'rganish bilan ham muvvafaqiyatli shug'ullangan. Erik J. Kristensen Chilidagi Gemini janubiy observatoriyasida ilmiy operatsiyalar guruhining bir qismi sifatida, jumladan, Atakama cho'lidagi meteoritlarni topish va o'rganish faoliyati bilan 5 yil shug'ullangan.

Kashfiyotlari



Kristensen o'zining ilmiy faoliyati davomida bir qancha kosmik jismlar, meteorlar hamda davriy kometalarni kashf etdi. An'anaga muvfiq ushbu kometalar Kristensen nomiga bog'liq holda atalgan.

Raqamli kometalar

Raqamsiz kometalar

Ayrim kashfiyotlari haqida qisqacha




Mukofot va unvonlar



Kristensen bir qancha mukofotlar sovrindori hisoblanadi.1999-yilda Catalina Sky Survey tomonidan kashf etilgan 13858 Erikchristensen asteroidi uning sharafiga nomlangan. Rasmiy nomlash maqolasi Minor Planet Center 9(Kichik sayyoralar markazi) tomonidan 2013-yil 22-iyulda chop etilgan (MPC 84377).

Yana qarang



Davriy kometalar roʻyxati

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz