Eric Gryba




Eric David Gryba (talaffuzi: Erik Devid Griba) (1988-yil 14-aprelda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi.


Oʻyin faoliyati



Ottawa Senators



Eric Gryba 2006-yilgi NHL kirish loyihasida „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 68-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Bu vaqtgacha Eric Gryba Boston universiteti xokkey jamoasi safida oʻynagan edi.

2010-yil 31-martda Eric Gryba „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. 2013-yil 16-fevralda Eric Gryba klub safida NHLdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.

Gryba 2013-yilning 19-fevralida „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda o‘zining birinchi NHL ochkosini (assistent) qo‘lga kiritdi va 2013-yilning 23-martida „Tampa Bay Lightning“ klubiga qarshi o‘yinda o‘zining NHLdagi ilk golini kiritishga muvafafq boʻldi.

2014-yilning 26-iyunida Gryba „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan 2,5 million dollarlik ikki yilga moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi.

Edmonton Oilers



2015-yil 27-iyun kuni Eric Gryba „Ottawa Senators“ xokkey klubi tomonidan Travis Ewanyk evaziga „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga almashtirildi.

Eric Gryba klub safida 53 ta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, „Edmonton Oilers“ klubi u bilan shartnoma imzolamaslikni tanladi. Bu esa Eric Grybani cheklanmagan erkin agentga aylantirdi.

New Jersey Devils



2018-yilning 1-iyulida Eric Gryba erkin agent sifatida „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan bir yillik, ikki tomonlama 700 000 dollarlik shartnomaga imzo chekdi.

2019-yil 22-sentyabrda Eric Gryba o‘zining Twitterdagi sahifasida oʻzining faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Shaxsiy hayoti



Eric Grybaning otasi Shawn nafaqadagi oʻqituvchi, onasi Catherine esa Saskaatoon shahrining hokimi boʻlgan. Eric Gryba 2015-yilning avgustida Cate Eckhardt bilan unashtirildi va ikkalasi 2016-yilning yozida turmush qurishdi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz