Ergashali Shodiyev




Ergashali Shodiyev  — (1932—2005) adabiyotshunos, navoiyshunos, Filologiya fanlari doktori (1973), professor (1973).

Olim 1932-yil 1-oktabrda Tojikistonning Xoʻjand viloyati Konibodom tumanida tugʻilgan. Xoʻjand davlat universitetini tugatgan.

Faoliyati



Xoʻjand davlat universitetida oʻqituvchi (1956—1967), oʻzbek adabiyoti kafedrasi mudiri (1967—1969), katta ilmiy xodim (1970—1972) va professor (1973) boʻlib ishlagan.

Asarlari



„Tojikistonda Navoiyni oʻrganish“ (1965), „Alisher Navoiy va uning salaflari“ (1967), „Alisher Navoiy va yosh tojik adabiyoti“ (1969), „Oʻzbek-tojik adabiy aloqalari tarixidan“ (1973), „Alisher Navoiy va fors-tojik tilidagi adabiy merosi“ (1990) kabi kitoblari chop etilgan.

Vafoti



2005-yil Xoʻjandda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz