Ergash Saliyev




Ergash Alibekovich Saliyev (tugʻ. 1956-yil, Oʻzbekiston SSR, Jizzax viloyati, Forish tumani) — oʻzbek pedagogi va davlat arbobi, 2017-yildan Jizzax viloyati hokimi.

Biografiya



Ergash Alibekovich 1978-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan va 1981-yilgacha Belarus davlat universiteti aspiranti boʻlgan. 1982—1991-yillarda Toshkent politexnika institutida assistent, dotsent va kafedra mudiri, 1992-yilgacha Toshkent davlat texnika universitetida dotsent lavozimlarida ishlagan. 1992-1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektor oʻrinbosari, 1997-yilgacha Toshkent biznes inkubator texnologiyasi bosh direktori lavozimida ishlagan.

1997—2000-yillarda Jizzax viloyati davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi, 2000—2012-yillarda esa Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. 2012-yilda Jizzax davlat politexnika instituti rektori boʻldi.

2016—2017-yillarda Ergash Alibekovich Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan va 2017-yilda ushbu lavozimda Ulugʻbek Uzoqov oʻrniga Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Mukofotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz