Ergash Nuriddinov




Ergash Nuriddinov (1906-yili tuvallud topgan — 1938-yil 5-oktyabrda) — Namangan shahar partiya komitetiga safiga qabul qilingan. Partiya komiteti sekretarlarini qayta tayyorlash kursida oʻqigan, Namangan kommunal kolxozda, yogʻmoy ishchilari kasaba uyushmasining aʼzosi, Namangan shahridagi 3-yogʻ zavodida yuk tashuvchi, Namangan shahridagi 32-sonli paxta zavodda presslovchi, 32-paxta zavod partiya tashkilotining sekretari va 3-yogʻ zavodi direktori.


Hayoti va taʼlimi



Ergash Nuriddinov 1906-yili Namanganda shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Oʻzbek, ijtimoiy ahvoli — xizmatchi. 1920-1923-yillari Namangan shahridagi 4 yillik boshlangʻich maktabni bitirgan, Namangan shahar kommunistik bilim yurtida 2 yil oʻqigan. SSSR Manbalarda keltirilishicha ahli ayoli, otasi, onasi hamda 2 yoshlik oʻgʻli borligi, yashash manzili Namangan shahri, Labbatagin daxasi, 3-uy deb koʻrsatilgan. Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 14-oktyabrdagi yigʻilishida Nuriddinov Ergash otuvga hukm etilgan, jazo oʻsha kuni ijro etilgan.

Faoliyati



1927-yildan yogʻmoy ishchilari kasaba uyushmasining aʼzosi boʻlgan. 1930-yili Namangan shahar partiya komitetida partiya safiga qabul qilingan.

1936-yili 1-dekabridan 1937-yil 28-fevraligacha partiya komiteti sekretarlarini qayta tayyorlash kursida oʻqigan. 1937-yil 13-fevralda toʻlgʻizgan xodimlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqasida uning mehnat faoliyati aks ettirilgan.

1923-yildan 1925-yilgacha Namangan kommunal kolxozda, 1925-1926-yillari Namangan shahridagi 3-yogʻ zavodida yuk tashuvchi, 1926-1933-yillari Namangan shahridagi 32-sonli paxta zavodda presslovchi lavozimda faoliyat yuritgan.

1933-yildan 1935-yilgacha 32-paxta zavod partiya tashkilotining sekretari, 1935-1937-yilgacha 3-yogʻ zavodi direktori boʻlish ishlagan. 1929-1934 yillardagi partiya tozalovidan hech qanday eʼtirozlarsiz oʻtgan.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz