Ergash Musayevich Isamuhamedov




Ergash Musayevich Isamuhamedov (1909.31.12 - Toshkent - 1983.10.1) -geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1963), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960). Geol.mineralogiya fanlari doktori (1953), professor (1954), Oʻrta Osiyo industrial institutining geol. fakultetini tugatgan (1935).

"Oʻzbekgeologiya" boshqarmasida geolog, geologiya-razvedka partiyasi boshligʻi (1940—42), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutining petrologiya boʻlimi mudiri, institut direktori (1943), metallar boʻlimi boshligʻi va petrologiya laboratoriya mudiri (1944—1951), Toshkent Davlat Universiteti geol. fakultetining petrografiya va foydali qazilmalar kafedrasi mudiri (1952—1983). I.ning ilmiy ishlari magmatik jinslar petrologiyasiga va ularning assimilyasiya jarayonida xrsil boʻlishiga bagʻishlangan. I.ning bevosita ishtirokida "Dovtosh" marganets koni (Oʻzbekistonda) ochilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz