Erdal Rakip




Erdal Rakip (1996-yil 13-fevralda Shvetsiyaning Malmö shahrida tugʻilgan) — shved va makedoniya futbolchisi, Malmö futbol klubi va Shimoliy Makedoniya terma jamoasi yarim himoyachisi. Futbolchi Malmö futbol klubi bilan 2019-yil 11-fevralda shartnoma imzolagan va shartnoma 2022-yilning 31-dekabriga qadar davom etishiga kelishib olingan. Futbolchi bahosi 1.20 mln yevro deb baholangan. Futbolchining eng qimmat transfer narxi 1.50 mln yevro deb baholangan. Jamoa tarkibida 7-raqam ostida toʻp suradi.

Klublardagi faoliyati



Rakip oʻz shahrining „Malmö“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 1-iyun kuni u Alsvenskan Ligada „Idrottsföreningen Brommapojkarna“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qildi. Oʻsha yili Rakip mamlakat chempioni va Shvetsiya Superkubogi sohibiga aylandi. 2014-yilning yozida Erdal „Malmö“ futbol klubi safida 3,5 yilga birinchi professional shartnomasini imzolagan. Oʻsha yili u ikkinchi marta mamlakat chempioni boʻlgan. 2015-yilning 3-iyunida „Efle“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u „Malmö“ safida ilk golini urgan.

2018-yil boshida Rakin Lissabonning „Benfica“ futbol klubiga oʻtdi va darhol Angliyaning „Crystal Palace“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 2019-yil boshida Erdal „Malmö“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati



2013-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi bilan Rakip Slovakiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Turnirda u Shveytsariya, Avstriya, Slovakiya va Rossiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yili Erdal BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Turnirda u ikki marta Yaponiya, Gonduras, Meksika, Argentina va Nigeriya bilan oʻyinlarda maydonga tushgan. Gondurasliklarga qarshi kechgan bahsda Rakip gol urgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz