Erbil bekligi




Erbil bekligi , Erbil Otabekligi yoki Begteginliler (turkcha: Erbil Beyliği, Erbil Atabeyliği) — 1146-1233-yillar orasida Erbil va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Erbil boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligi. Beklikning asoschisi Zeynüddin Ali Küçükdir. Beklik oʻz ismini asoschisining dadasi Begtegindan olgan.

Tarix



Begtegin Saljuqiylar imperiyasining sarkardalaridan hisoblangan. Uning oʻgʻli Zeynüddin Ali Küçük Zangiylar davlatining hukmdori İmadeddin Zengi qoʻl ostida xizmat qilgan va 1144-yilda Mosul hokimi etib tayinlangan. 1146-yilda İmadeddin Zengining vafotidan soʻngra Zeynüddin Ali Küçük Mosul bilan birlikta Şehrizor, Hakkâri, Sincar, El-Hamidiye, Tikrit ve Harran hududlarini oʻz hokimiyatiga qoʻshib olgan. Bu voqeadan soʻng, markazi Erbil boʻlgan Erbil bekligiga asos solingan.

1233-yilda beklikning soʻnggi beki Muzafferüddin Kökbörü vafot etishi bilan merosxoʻr qolmadi. Shu sababli beklik Bagʻdod xalifaligiga qoʻshib olindi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz