ERARIY



ERARIY (lotincha —mis, pul) —qadimiy Rimda davlat xazinasi. Saturn ibodatxonasida saqlangan. Respublika davrida Senat (uni kvestorlar boshqargan), imperiya davrida — imperatorlar ixtiyorida bo’lgan. Imperator Avgust Erariyni imeratorning xususiy kassasi — fisk bilan qo’shib yuborgan. Erariy tepasida imperiya davrida pretorlar turgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz