ERAN



ERAN — o’zbek xalq dostonlarida hamda shomonlik folklorida Doston qahramoniga, shomonga doimiy ravishda yordam beruvchi, ustozlik qiluvchi homiy kuch. “Eran” atamasi “Alpomish”, “Go’ro’g’li” va boshqalar dostonlarda chiltonlar, Xizr va shahrik aziz-avliyolarga nisbatan umumlashma nom sifatida qo’llanadi. Odatda, Xizr barcha eranlarning yo’lboshchisi deb qaraladi. Turli diniy manba va manoqiblarda ham “Eran” atamasi aziz-avliyo ma’nosida ishlatiladi. Eran o’zbeklardan tashqari qozoq, turkman, qoraqalpoq, Ozarbayjon va Sibirdagi bir qator turkiy xalqlar folklorida ham faol obrazlardan hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz