Er libosli ayol
„Er libosli ayol“ , toʻliq nomi
„Er libosli ayol, yoxud oriyat isyoni“ — oʻzbek yozuvchisi Nabijon Hoshimov qalamiga mansub roman. 2009-yil Toshkent shahrida „Dizayn-Print“ oʻquv-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan „Lider-Press“ nashriyotida chop etilgan. Asar kiril yozuvida nashr qilingan.
Roman Husniya ismli oddiy bir qishloqlik ayolning taqdiri va boshidan kechirganlari haqida. Asarda shuningdek, Oʻzbekistonda fermerlik harakatining tarixi, qishloq taraqqiyoti va farovonligi muammolari ham oʻz ifodasini topgan. Gʻoya mualliflari – Neʼmatjon Hoshimov va Mahfuza Ergasheva.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Sultonov — muharrir, Sh. Hoshimov — texnik muharrir, I. Qoʻziyev — musahhih, A. Kuramshin — dizayner, K. Nazirova — operator, Erkin Xushvaqtov — taqrizchi. Kitob adadi — 2 000 nusxa.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org