EPOPEYA (epos va Yunoncha — yarataman, ijod qilaman) — umumxalq muammosi tasvir etilgan yirik hajmli epik asar. Qadimgi (yoki qahramonlik) Epopeya hamda yangi zamon Epopeyasi kabi bosqichlarga bo’linadi. Badiiy so’z taraqqiyotining ilk bosqichida Epopeya xalq qahramonlik eposining ko’rinishlaridan biri hisoblangan. Epopeyaning xalq og’zaki ijodi negizida yuzaga kelgan mumtoz namunalari sirasiga yunonlarning “Iliada” va “Odisseya”, hindlarning “Mahabharata” va “Ramayana”, frantsuzlarning “Roland haqida qo’shiq”, nemislarning “Nibelunglar haqida qo’shiq”, o’zbeklarning “Go’ro’g’li”, “Alpomish” va boshqalar asarlari kiradi. Bu xil Epopeyalar mazmuni murakkab va ko’p qirrali bo’lib, unda muayyan xalqning shakllanish davridagi turmushi, buyuk qahramonliklar, xalq taqdirida ro’y bergan keskin o’zgarishlar aks etadi. Epopeya qahramonlari qiyofasida u yoki bu xalqning orzu-intilishlari, qudrati va ulug’vorligi o’z ifodasini topadi. Badiiy fantaziya darajasiga ko’tarilgan obrazlilik, tasvirlanayotgan hodisalarning favqulodda mo”jizaviyligi, bayonning batafsilligi, syujet qamrovining keng va ko’lamdorligi, badiiy tasvir vositalarining yorqin hamda ta’sirchanligi qadimiy Epopeyaga xos badiiy-estetik belgilardir. Keyinchalik yozma adabiyotning ayrim vakillari Epopeyaga xos miqiyos va ko’lamdorlikni o’zlarining individual ijodlariga ko’chirishga urinib, hajman yirik, mazmunan xalq hayotidagi muhim hodisalarni aks ettiruvchi asarlar yaratishga tutindilar (Vergiliy, “Eneida”; T. Tasso, “Ozod qilingan Quddus”; Volter, “Genriada” va boshqalar). Uyg’onish davriga kelib, Yevropada ijtimoiy munosabatlarning keskin o’zgarishi yangi davrning tabiati va ehtiyojlariga mos keladigan Epopeya yaratilishini talab etdi. Natijada Dante, Rable, Servantes va boshqalar buyuk ijodkorlar tomonidan E.ning qadimiy ko’rinishlaridan ham shaklan, ham mazmunan farq qiladigan va yangi zamon talablariga javob bera oladigan yorqin namunalari yaratildi (“ilohiy komediya”, “Gargantyua” va Pantagryuel”, “don Kixot” va boshqalar). Forsiy va turkey adabiyotlardagi “Xamsa” asarlari ham jamiyat oldida turgan o’ta dolzarb hayotiy muammolarning monumental yo’sinda aks ettirilishi jihatidan Epopeya talablariga javob bera oladi. Evropa adabiyotida ma’rifatchilik davrida realistik romanning shakllanishi Epopeyaning yangi tipini vujudga keltiradi. Olamni realistik tarzda ifoda etgan Epopeyalar yuzaga keldi (G.Fildingning “topib olingan Tom Jons tarixi”, Balzakning “inson komediyasi”, L. Tolstoyning “Urush va tinchlik”, F.Dostoevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” singari Roman Epopeyalari). Mazkur Romane.larning asosiy xususiyati ularda xalklar taqtsirining, muayyan tarixiy jarayonning, umumxalq, umumjahon ahamiyatiga molik muammolarning keng va atroflicha aks ettirilganligida ko’rinadi. 20-asr adabiyotida Roman Epopeyaning yaxshi namunalari yaratildi. O’zining janr mohiyatiga ko’ra, Epopeya xarakteridagi qator monumental asarlar yuzaga keldi (M.Sholoxovning “Tinch Don”, A.Tolstoyning “Sarsonliksargardonlikda”, U.Folknerning “Qo’rg’oncha” va boshqalar). Bu Epopeyalarda jamiyat tarixiy taraqqiyotining muayyan jarayonlari hamda o’sha muhitga xos qahramonlar xarakterining shakllanish yo’llari butun murakkabligi bilan teran aks ettirilgan. Qozoqboy Yo’ldoshev, Islom Yoqubov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Epopeya — bu og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalangan, ko‘pincha qahramonlik, milliy tarix, diniy voqealar yoki juda muhim madaniy hodisalarni tasvirlaydigan epik she’riyat turi. Epopeyalar ko‘pincha xalqning madaniy merosi va dunyoqarashini aks ettiruvchi asarlar bo‘lib, ularda qahramonlar yuksak fazilatlar, ulkan jasorat va mardlik bilan tasvirlanadi.
Epopeyaning asosiy xususiyatlari:
Qahramonlik mavzusi: Asosiy qahramonlar odatda superinsoniy xarakterga ega bo‘lib, ular ulkan sinovlardan o‘tadi, yovuz kuchlarga qarshi kurashadi va xalq uchun muhim ishlarni bajaradi.
Milliy yoki diniy ahamiyat: Ko‘plab epopeyalar milliy tarix, madaniyat va dini qadriyatlarni yuksaltiradi, shuning uchun ular xalqlar o‘rtasida o‘ziga xos hurmatga ega.
Uzoq va keng qamrovli: Epopeya metraj jihatidan katta bo‘lib, ko‘p qism va bo‘limlardan tashkil topadi, ularda turli voqealar ketma-ketligi bayon qilinadi.
Epik til: Asarda harbiy qahramonlik, tabiat tasviri, ruhiy holatlarni yuksak san’atkorlik bilan ifodalovchi, boy va shakllar boy til ishlatiladi.
Ko‘p personajlar va voqea: Epopeya ko‘pincha ko‘plab personajlar, joylar va voqealar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi.
Mashhur epopeyalar misollari:
«Iliada» va «Odisseya» (Gomer) — qadimgi yunon adabiyotining eng mashhur epopeyalaridan.
«Shahname» (Firdavsi) — fors adabiyotining buyuk epopeyasi bo‘lib, Eronning dastlabki tarixini va afsonaviy qahramonlarini tasvirlaydi.
«Ramayana» va «Mahayana» — Hind adabiyotidagi diniy-qahramonlik eposlari.
«Alpomish» — turkiy xalqlarning mashhur og‘zaki epopeyasi.
«Boburnoma» — tarixiy asar bo‘lsa-da, qahramonlik va tarixiy voqealarni o‘z ichiga oladi.
Xulosa:
Epopeya — xalq ma’naviyati, tarixiy xotirasi va qadriyatlarini asrlar davomida avlodlarga yetkazuvchi muhim adabiy janr hisoblanadi. U jamoatchilik hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, odamlarni milliy vatanparvarlik, jasorat va axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish