Epikureizm




Epikureizm — Epikur gʻoyalaridan kelib chiqqan taʼlimot. Afinadagi maktabi — Epikur "Bogʻ"i. Epikur falsafadan saboq bergan bu "Bogʻ"da dastlab Metrodor, Poliyen, Ermarx, Kolot (miloddan avvalgi 4—3-asrlar), soʻng Sidonlik Zenon, Fedr, Filodem (miloddan avvalgi 2—1 a.lar) singari taniqli faylasuflar yetishib chiqqan. E.ning Rimdagi eng yirik namoyandasi — Lukretsiy. Epikur maktabi milodiy 4-asr oʻrtalarigacha yashab keldi. Uygʻonish davrida yangitdan, keyinchalik, 17—18-asrlarda materialistik va maʼrifatchilik oqimlari (P.Gassendi)da rivojlandi. Hayotning moddiy quvonchlarini, rohat, farogʻatni afzal koʻradigan odamlarni epikurchilar deb ataydigan boʻldilar.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz