EPIGRAMMA (Yunoncha — ustki yozuv) — kichik hajviy she’r. Yunonistonda ibodatxona va haykallarga o’yib yozilgan she’riy parchalar Epigramma deb atalgan. Ularda ma’budlar va qahramonlar madh etilgan, ba’zan Epigrammalar hikmatli iboralarni ham qamrab oladi. Birinchi yunon Epigrammalar antologiyasi miloddan avvalgi 1 asrda tuzilgan va 6— 10-asrlarda to’ldirilgan; natijada 16 kitobdan iborat majmua vujudga kelgan (“Palatin antologiyasi”, 4000 ga yaqin Epigramma). Lotin adabiyotida Epigramma janri miloddan avvalgi 2— 1 asrlarda paydo bo’lgan. Yangi davr adabiyotida, xususan, klassisizm she’riyatida Epigramma uncha katta bo’lmagan hajviy she’r bo’lib, odatda, bironbir shaxsga qarshi yo’naltiriladi. So’nggi davr shoirlari ham Epigramma janriga murojaat qilganlar, O’zbek adabiyotida H.H.Niyoziy (“Bir eshon o’pkasi”, “bir sharmanda tilidan”), G’.G’ulom (“obakidandon”, “istaklarim”) va boshqalar bir qancha Epigrammalar yozganlar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish