EPIGRAFIKA



EPIGRAFIKA (Yunoncha— bitik) — qattiq jismlar — tosh, metall, spool va boshqalardagi, asosan, qadimiy va o’rta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar) ni to’plash, nashr etish va sharhlash bilan shug’ullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda epigrafik yodgorliklar deb qadimiy bitiklar aytiladi. Uyg’onish davrnda, antik va Sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. Dastlab Epigrafika faqat Italiya, Gretsiya, Shimoliy Afrika va Falastinda topilgan qadimiy yozuvlarni o’rgangan. Qadimiy turkiy tillarga oid yozma yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz