Epigraf
Epigraf (yun. — ustki yozuv) — 1) Yunonistonda qabr toshlari ustidagi yozuv; 2) adabiy asar yoki uning biror qismi (bobi)ning tepasiga yozib qoʻyilgan va shu asar yoki qism (bob) mazmunini ifodalaydigan, asosiy yoʻnalishini belgilab beradigan teran maʼnoli ibora, maqol, matal, hikmatli soʻz, qoʻshiq, sheʼr yoki oʻzga bir manbadan olingan parcha. Jahon adabiyotida E. 15-asr boshlarida paydo boʻlgan. 19-asr romantiklari asarlarida ham E. koʻp uchraydi. J. Russo, A. Stendal, I. Gyote, F. Shiller, A. Pushkin, M. Lermontov, N. Gogol, L. Tolstoy, shuningdek, oʻzbek adabiyotida Gʻ.Gʻulom, A. Qahhor, O. Muxtor va boshqalar E. sanʼatidan mohirona foydalanganlar. E. iqtibos yoki koʻchirmaning barcha xususiyatlariga ega boʻlib, asosiy matnga oʻziga xos kirish vazifasini oʻtaydi. Ularsiz baʼzan badiiy asarningmohiyatini anglash mumkin boʻlmay qoladi. Parodiyalarda ham E. qoʻllaniladi.
Yuqorida aytilgan fikrlar muvofiq epigraf bu biron bir kishining aytgan hikmatli hali boʻlishi mumkin. Odatda epigraf inshoda shar sana yozsangiz sana undan keyin insho sozi undan keyin varaqnig oʻng tomonining chetiga yoziladi .yozayotgan epigrafingiz inshoning mavzusiga toʻgʻri kelishi kerak.keyinalbatta siz epigraf yozganingiz uchun murakkab reja tuzasiz.yozilgan epigraf mavzuga toʻgri kelisbkelmasliga qarab yozgan inshoingizga qoʻshimcha ball
Beriladi.epigrafyozsangiz albatta murakkab reja tuzasiz
Agar sodda reja tuzsangiz bu xato hisoblanadi
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Epigraf — bu adabiyot, san’at yoki ilmiy asar boshida joylashtiriladigan qisqa matn bo‘lib, asar mazmuni, g‘oyasi yoki mavzusini aks ettiradi. U ko‘pincha muallif tomonidan tanlangan faol, eslatma yoki xotira bo‘lishi mumkin va asarga kirishuv vazifasini bajaradi. Epigraf odatda boshqa mualliflarning so‘zlari, she’r misralari, maqollar yoki aforizmlar shaklida bo‘ladi.
Epigraf asarning ruhini ifodalash, o‘quvchini asar mavzusiga tayyorlash yoki yo‘naltirish uchun ishlatiladi. U, shuningdek, asarning asosiy g‘oyasini qisqacha ifodalash yoki u bilan bog‘liq kontekstni yaratish uchun xizmat qilishi mumkin.
Masalan, adabiyotda epigraf sifatida mashhur shoirdan olingan bir parcha she’r yoki aforizm keltiriladi, ilmiy ishda esa mavzu bilan bog‘liq olimlarning iqtiboslari beriladi.
Xulosa qilib aytganda, epigraf — bu asar yuzaki qisqacha kirish qismi bo‘lib, o‘quvchiga asarning mavzusi, g‘oyasi yoki maqsadi haqida o‘ziga xos taassurot qoldiradi va uni asarga yanada ehtiyotkorlik bilan yondashishga undaydi.