EPIFIZ
EPIFIZ (Yunoncha — ortiq, do’mboq) — 1) miyaning yuqori qismidagi o’simta, “g’uddasimon bez”. Odam va umurtqali hayvonlar oraliq miyasining yuqori yuzasida joylashgan. Epifiz, asosan, yosh individlarda yaxshi rivojlangan. Eksperimental va klinik kuzatishlar Epifizning olib tashlanishi yoki strukturasining o’zgarishi erta jinsiy etilishga va anormal o’sishga sabab bo’lishini ko’rsatadi; 2) uzun naysimon suyaklarning bo’g’im uchlari.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz