Epiderma
Oʻsimliklarda
epiderma (poʻst) — yosh barglar, novdalar, meva, urugʻ va gullarda oʻsish konusi protodermasidan hosil boʻladigan birlamchi qoplovchi toʻqima. E. hujayralari bir qavat boʻlib joylashgan; sirtdan kutikula, yupqa mum qavati va tirik yoki oʻlik tukchalar bilan qoplangan. E. hujayralari tashqi qobigʻidagi teshikchalar orkali suv va oziq moddalar oʻtadi. E.da kuchli ixtisoslashgan tuzilmalar — ogʻizchalarni yopuvchi hujayralar, har xil funksiyani bajaruvchi trixomalar (tukchalar hosil qiluvchi hujayralar), gidadotlar (oʻsimlikdan tomchi suyuqlik va tuzlarni chiqaruvchi hujayralar) va boshqalar shakllanadi. E. baryer (toʻsiq) funksiyasini bajaradi; ichki toʻqimalarni shikastlanish va qurib qolishdan saqlaydi; gaz almashinuvi, suv bugʻlanishi, shimish va sekret (jumladan, fermentlar va gormonlar) ishlab chiqarish vazifasini bajaradi.
Yana qarang
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org