Epidemik jarayon
Yuqumli kasalliklarning umumiy epidemiologiyasi
Epidemiologiya - bu epidemik jarayon qonuniyatlari, uning odamlar orasida vujudga kelishi va tarqalish sabablari, profilaktika qilish usullari va tadbirlari haqidagi fan (ta’limot)dir.
Turli yuqumli kasalliklarda epidemik jarayonning o ʻxshashligi, qolaversa uning umumiyligi sababli umumiy epidemiologiya hamda har bir yuqumli kasallik o ʻziga xos epidemik jarayonni xarakterlaydigan spetsifik xususiyatlarga egaligi tufayli xususiy epidemiologiya vujudga keldi.
Epidemik jarayon
Yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining kishilar jamoasi orasida tarqalishi epidemik jarayon deyiladi.
Epidemik jarayon quyidagi uchta zaruriy sharoit (harakatlantiruvchi kuchlar) mavjud bo`lgandagina vujudga keladi: Koʻrsatilgan bu sharoitlardan birortasi boʻImasa, epidemik jarayon to ʻxtaydi. Shuni ham aytish zarurki, bu sharoitlarning mavjudligigina epidemik jarayon rivojlanishi uchun yetarli emas. Imkoniyat qulay sharoitlar boʻlgandagina reallikka aylanadi. Odamning bunday hayotiy sharoitlariga tabiiy va ijtimoiy sharoitlar kiradi.
Epidemik jarayonning birlamchi elementi epidemik o ʻchoqdir.
Epidemik oʻchoq - bu infeksiya manbaining konkret holatda mazkur infeksiyaning atrofdagi kishilarga yuqishi mumkin
boʻlgan ma’lum territoriyasi hisoblanadi. Epidemik jarayonning quyidagi darajalari farqlanadi:
Shunday kasalliklar borki, bu kasalliklarning yovvoyi hayvonlar (masalan, kemiruvchilar, qushlar va boshqalar kiradi) orasida tabiiy rezervuarlari mavjud. Kasallikning tarqalishi bu hayvonlar va kasallik tarqatuvchilar (boʻgʻim oyoqlilar) yashashi uchun qulay boʻlgan ma’lum territoriyada chegaralanadi. Bunday kasalliklar tabiiy oʻchoqli kasalliklar deb ataladi. Bunday infeksiyalarga oʻlat, tularemiya, kanadan yuqadigan rikketsiozlar, leyshmaniozlar va boshqalar kiradi.
Infeksiya manbai
Bemor yoki kasal hayvon infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik bemordan ham, bakteriya tashib yuruvchilardan ham yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchilari odam organizmidan tashqi muhitga u yoki bu fiziologik (nafas chiqarish, siydik ajratish, defekatsiya) yoki patologik (yoʻtal, balgʻam ajratish, qusish) yoʻllar orqali ajralib chiqadi.
Bemorlar infeksiyaning har qanday shaklida ham yuqumlidirlar. Kasallikning yengil va belgilarsiz shakllarida yuqumlilik davri qisqa boʻlishi mumkin. Ammo bunday bemorlar kasallikning tipik shakli bilan ogʻrigan bemorlarga qaraganda ancha xavflidirlar, chunki kasallik koʻpincha aniqlanmay qolib, ular jamoada infeksiya tarqatib yuradilar.
Infeksiya tashuvchanlik
Bu holat infeksiya manbai sifatida, ayniqsa meningokokk infeksiyasida, difteriya, qorin tifi va boshqa kasalliklarda juda katta rol o ʻynaydi. Tashuvchanlik odatda qisqa muddatli
boʻladi, lekin ayrim hollarda u bir necha oy, hatto yillargacha choʻzilishi mumkin. Uzoq muddatli tashuvchanlik va bakteriya ajratib yuruvchanlikka odatda surunkali yalligʻlanish
oʻchoqlari boʻlgan kishilar sharoit yaratadilar. Masalan, difteriya tayoqchalari tashuvchanligida surunkali tonzillitlar, surunkali rinitlar, qorin tifi tayoqchalari tashuvchanligida xolangitlar, angioxolitlar va xolesistitlar muhimdir.
Tabiiyki, zoonozlar qishloq xoʻjalik tumanlarida keng tarqalgan. Uy hayvonlari bilan birga yovvoyi hayvonlar ham kasallik manbai boʻlib hisoblanadi. Hayvonlar odamda uchraydigan
koʻpgina yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining tabiiy manbai hisoblanadi. Infeksiyalar epidemiologiyasida ornitoz va salmonelloz kabi kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari manbai sifatida qushlar ham ma'lum ahamiyatga ega.
Infeksiyaning yuqish mexanizmi
Kasallik qoʻzgʻatuvchisining bemor organizmidan ajralib chiqish yoʻli organizmda uning bevosita joylashgan yeriga bogʻliqdir. Masalan, ichak infeksiyalarida qoʻzgʻatuvchilar
defekatsiyada, nafas yoʻllari infeksiyalarida nafas chiqarishda va aksa urishda ajralib chiqadi. Koʻp qoʻzgʻatuvchilar tashqi muhitda tezroq nobud boʻlishi mumkin.
Shuning uchun qoʻzgʻatuvchilaming noqulay omillarga chidamliligi katta ahamiyatga ega. Masalan, meningokokk infeksiyasi, soʻzak kasalliklari qoʻzgʻatuvchilari tashqi muhitda juda tez — bir necha minutlar ichida nobud boʻlsa, kuydirgi, qoqshol va botulizm kabi kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari spora hosil qilgan holda tuproqda yillar va hatto oʻn yillar davomida saqlanishi mumkin. Go`sht, sut va turli kremlarda koʻpgina yuqumli kasalliklar qo`zgʻatuvchilari nafaqat uzoq vaqtgacha saqlanadi, balki bu mahsulotlarda ular koʻpayadi.
Yuqumli kasalliklar qo`zg`atuvchilarining yuqish mexanizmiga koʻra, infeksiya yuqishining quyidagi turlari farqlanadi.
Havo-tomchi yoʻli bilan yuqish
Kasallik qoʻzgʻatuvchilari bemorning nafas yoʻllaridan tashqi muhitga yoʻtalganda, aksa urganda, gaplashganda soʻlak zarrachalari bilan ajralib chiqadi va nafas olish orqali sog`lom organizmga tushadi. Bunday yoʻl bilan o ʻtadigan qoʻzgʻatuvchilar odatda tashqi muhitga chidamsiz boʻlib, tez nobud boʻladi. Infeksiyaning chang orqali tarqalishi (havo - chang yoʻli bilan yuqish) kuydirgi, tularemiya, sil, Ku-isitma va boshqalarda aniqlangan. Bu yoʻl bilan yuqadigan mikroorganizmlar odatda quritishga chidamli boʻlib, uzoq saqlanadi.
O ziq-ovqatlar orqali (alimentar) yuqish
Kasallik qoʻzgʻatuvchilari organizmga ogʻiz orqali (peroral) tushadi. Bu yoʻl bilan asosan ichak infeksiyalari yuqadi. Ichak infeksiyalari qoʻzgʻatuvchilari organizmdan nafas bilan ajralib chiqadi va sanitariya qoidalariga rioya qilinmasligi natijasida oziq-ovqatga va suvga tushadi. Kasalliklar hayvonlardan olingan mahsulotlar orqali ham yuqishi mumkin. Masalan, brusellyoz kasal hayvonlarning suti va g o ʻshti orqali, salmonelloz kasal hayvonlar goʻshti yoki kasal qushlar tuxumi orqali yuqishi mumkin. Infeksiya oziq-ovqatlarga pashshalar orqali ham tushishi mumkin. Ichak infeksiyalari ifloslangan qo`l va buyumlar orqali ham yuqadi.
Ichak infeksiyalari, ayniqsa dizenteriya, qorin tifi va vabo kabilar, hovuz, individual quduqlar yoki ayrim vodoprovod tarmoqlarining ifloslanishi natijasida suv orqali yuqishi mumkin. Bundan tashqari, yomg'ir natijasida tuproqda boʻlgan yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining yer osti suvlari orqali suv havzalariga tushishi tabiiydir. Bu esa yirik epidemiyalarga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ichak kasalliklari profilaktikasida asosiy yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.
Kontakt yoʻli bilan yuqish
Bu yoʻl bilan infeksiya bevosita va bilvosita yuqishi mumkin. Bevosita kontakt yoʻli bilan yuqishga odamni quturgan hayvon tishlashi natijasida quturish kasalligi hamda jinsiy yoʻl bilan OITS va venerik kasalliklarning yuqishi misol boʻla oladi. Infeksiyaning bemorlar foydalangan buyumlardan sogʻlom odamlarga kontakt yoʻli bilan yuqishi, masalan kuydirgining
mo ʻyna yoqa orqali yoki teridan tayyorlangan buyumlar orqali yuqishi odatda bilvosita kontakt yoʻli bilan yuqish deyiladi.
Transmissiv yuqish
Transmissiv yuqishda kasallik qoʻzg ʻatuvchilari bemor qonidan sogʻlom odam qoniga bevosita qon soʻruvchi hasharotlar (spetsifik infeksiya tashuvchilar) orqali tushadi. Qon
soʻruvchi hasharotlar bemor odam yoki hayvon qonini soʻrgandan keyin uzoq vaqtgacha yuqumli boʻlib qoladi va sogʻlom kishilarni chaqishi natijasida ularga kasallik yuqtiradi. Bularga anofeles chivini (bezgak qoʻzg ʻatuvchisini yuqtiruvchi chivin), bitlar (toshmali va qaytalama tif tashuvchisi), kanalar (ensefalit tarqatuvchisi), moskitlar (leyshmanioz, pappatachi isitmasi tashuvchisi) va boshqalarni misol qilib koʻrsatish mumkin.
Transplasentar yuqish
Bu homilaga ona qornida rivojlanish davrida kasallik yuqishidir. Bu borada virusli infeksiyalar juda xavfli hisoblanadi. Sodda organizmlar ham mazkur yoʻl bilan yuqishi mumkin.
Aholining kasallikka moyilligi
Bu koʻrsatkich yuqqan infeksiyaning rivojlanishi uchun asosiy sharoitdir. Bunda nafaqat har bir kishi, balki aholining umuman mazkur infeksiyaga nisbatan moyillik darajasi alohida ahamiyatga ega. Moyillik kontagiozlik indeksi bilan baholanadi. Bu kasallanganlar sonining bemor bilan aloqada boʻlganlar soniga nisbatidir. Bu koʻrsatkich oʻndan bir boʻlaklarda yoki foizlarda ifodalanadi. Qizamiqda bu koʻrsatkich 1 ga yoki 100% ga yaqin. Infeksiya tarqalishida ijtimoiy sharoitlar, bemor yoshi, umumiy madaniy darajasi, aholining sanitariya madaniyati, ovqatlanish xarakteri hamda immunitet holati katta rol oʻynaydi.
Kasallikning tabiiy yoʻnalishini profilaktik tadbirlar va ayniqsa faol immunizatsiya oʻtkazish orqali tubdan oʻzgartirish mumkin.
Manbalar
uz.wikipedia.org