EPAM Systems




EPAM Systems - 1993-yilda tashkil etilgan amerikaning axborot texnologiyalari kompaniyasi. Asosiy faoliyat yo'nalishi buyurtma asosida dasturiy ta'minot ishlab chiqarishdan iborat. Bosh qarorgohi Pensilvaniya shtatining Nyutaun shahrida joylashgan bo'lib, dunyoning 40ga yaqin davlatlarida o'z bo'limlariga ega

Tarixi



EPAM'ga 1993-yilda ikki sinfdosh Arkadiy Dobkin va Leonid Lozner tomonidan asos solingan Kompaniyaning nomi "Effective Programming for America" (Amerika uchun samarali dasturlash) so'zlaridan olingan. Birinchi ofislar AQSh va Belarusda ochilgan bo'lib, keyinchalik kompaniya o'z ofislarini Avstriya, Avstraliya, Armaniston, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Hindiston, Irlandiya, Qozog'iston, Kanada, Xitoy, Meksika, Niderlandiya, BAA, Polsha, Rossiya, Singapur, Ukraina, O'zbekiston, Chexiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Qirg'iziston davlatlarida ochdi.

Fond birjasiga joylashtirilishi



2012-yil 25-yanvarda kompaniya Nyu-York fond birjasida IPO o'tkazishga tayyorgarlik boshlanganini e'lon qildi. Kompaniya xabarida aytilganidek, EPAM Systems’dagi eng katta ulush Siguler Guff & Co investitsiya kompaniyasiga tegishli fondlar tomonidan sotilishi mumkin: IPO’dan soʻng ular EPAM Systems’dagi ulushlarini 52,5 foizdan 41,2 foizgacha kamaytiradi. Ta'sischi va bosh direktor Arkadiy Dobkin kompaniya aksiyalarining 2 foizini sotishni rejalashtirgan edi. Hissadorlar kopaniyaning 14 foiz aksiyasini joylashmoqchi edi. Rejaga ko'ra, qo'shimcha emissiya aksiyalarining yana 3,6% kompaniyaning o'zi tomonidan sotiladi va joylashtirish hajmi (17,7% ni) 133,2 million dollarni tashkil etadi[6].

IPO 8-fevral kuni bo'lib o'tdi va tahlilchilar tomonidan muvaffaqiyatsiz deb baholandi Joylashtirish vaqtida 6 million dona aksiya (oshirilgan kapitalning 14,7 foizi) 72 million dollarga yoki har bir qimmatli qogʻoz uchun 12 dollarga sotildi (avval EPAM har bir qimmatli qogʻoz uchun 16-18 dollar narx oraligʻini e’lon qilgan edi). Sotilgan aksiyalarning 33% - qo'shimcha emissiya. IPO bahosiga ko'ra, butun kompaniyaning qiymati 488 million dollarni tashkil etdi[7].

2 yil ichida, 2014-yil iyun oyida kompaniyaning kapitallashuvi 4 baravardan ortiq oʻsdi va 2,14 milliard dollarni tashkil qildi 2022-yil yanvar oyida EPAM kapitallashuvi 36,4 milliard dollarni tashkil etdi

Sotib olinishi



2004-yil mart oyida EPAM Vengriyada Fathom Technology, 2006-yil sentabrda esa Rossiyada VDI-ni sotib oldi. Buning natijasida 2200 kishidan iborat EPAM Systems nomi ostida yagona kompaniyani tashkil qilindi

2016-yilda EPAM 400 nafar xodimga ega Xitoyning Dextrys kompaniyasini sotib oldi

2018-yilda EPAM 150 dan ortiq xodimga ega Amerikaning Continuum kompaniyasini[17], shuningdek, Buyuk Britaniyadagi 100 ta eng yaxshi raqamli agentliklardan biri boʻlgan TH_NK raqamli agentligini sotib oldi.

2021-yil dekabr oyida EPAM S&P 500ga qoʻshildi

2021-yil may oyida EPAM Systems Forbes Global 2000 roʻyxatida 1804-oʻrinni egalladi


Faoliyat ko'rsatkichlari




Faoliyati




Kompaniya Ukrainadagi harbiy vaziyat fonida



Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga kompaniya prezidenti Arkadiy Dobkinning fikr bildirmagani va ukrain harbiylariga yordam berishga chaqiriqlarni rad etgani 14000 nafar ukrainalik hamda 18000 nafar rus va belarus xodimlar o'rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqardi Keyinchalik kompaniya o'z ukrain hodimlarida 1000 AQSH qollari miqdorida yordam ko'rsatgan va Ukrainada Starlink tizimlarini yo'lga qo'yishga ko'maklashgan Bundan tashqari kompaniya Ukrainaga yordam fondini ishga tushirish va 100 mln dollar yordam ko'rsatish majburiyatini oldi. 2022-yil aprel holatida kompaniya Belarusdagi faoliyatini davom ettirgan holda Rossiyada o'z faoliyatini to'xtatdi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz