Enzo Pérez




Enzo Nicolás Pérez (talaffuzi: Enso Nikolas Peres; 1986-yil 22-fevralda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi. U River Plate va Argentina terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Pérez Portugaliyaning Benfica klubida toʻrt yil oʻynadi va u yerda beshta sovrinni qoʻlga kiritdi, ayniqsa 2013—2014-yilgi mavsumda katta muvaffaqiyat qozonib, jamoa bilan ichki turnirlarda bir mavsumda uchta gʻalabani qoʻlga kiritdi va ketma-ket ikki marta UEFA Yevropa Ligasi finaliga chiqdi.

Klubdagi faoliyati



Dastlabki faoliyati



Mendozaning Maipú shahrida tugʻilgan Pérez faoliyatini otasi kabi Deportivo Maipú jamoasida boshlagan, professional futbolchilik faoliyatini esa Godoy Vruz bilan boshlagan va u yerda 2006-yil 9-sentyabr kuni 1:1 hisobida Belgranoga qarshi kechgan durang oʻyinda beshinchi daqiqada gol urib, oʻz nomini klub tarixiga yozgan. Bu Godoy Cruzning Argentina birinchi divizionida kiritgan birinchi goli edi. Umuman olganda, u Godoy Cruzdagi faoliyati davomida 12 ta gol urgan va ularning aksariyati penaltidan kiritilgan. 2007-yilda Pérez Estudiantes de La Plataga qoʻshildi va u yerda 2008-yilda Sudamericana kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻshanda Pérez 2009-yilgi Libertadores kubogida gʻolib chiqqan jamoaning asosiy tarkibida edi.

Benfica



2011-yilning 8-iyunida Pérez Portugaliyaning Benfica klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, mish-mishlarga koʻra, uning toʻliq huquqi Estudiantesdan 5,5 million yevroga sotib olinishi mumkin. Chempionlar Ligasi saralashida tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan soʻng, Pérez 2012-yilning 9-fevralida Estudiantesga olti oyga ijaraga berildi.

2012-yilning 27-iyulida Eusébio kubogida Pérez Real Madrid darvozasiga uzoq masofadan gol urdi va bu oʻyinda jamoasi bilan 5:2 hisobida gʻalaba qozondi.

2012—2013-yilgi mavsumda Pérez muvaffaqiyatli markaziy yarim himoyachiga aylandi va Nemanja Matic bilan hamkorlik qilib, jamoada markaziy oʻrinni egalladi.

2014-yil 15-yanvarda Matic 2013—2014-yilgi mavsum uchun Chelseaga ketganidan soʻng Pérezning jamoadagi taʼsiri yanada kuchaydi va u Benficaning ichki turnirlarda bir mavsumda uchta gʻalabani qoʻlga kiritishida (Primeira Liga, Taça de Portugal hamda Taça de Liga), shuningdek, ketma-ket ikkinchi Yevropa Ligasi finalida ishtirok etishida muhim rol oʻynadi. 2014-yil 1-may kuni Juventusga qarshi yarim finalda diskvalifikatsiya qilinganidan soʻng, Pérez Sevillaga qarshi finalda ishtirok etmadi va bu oʻyinda uning jamoasi penaltilar seriyasida (4-2) magʻlubiyatga uchradi. Pérezning oʻyinlari boshqa klublarning eʼtiborini tortdi, Benfica bosh murabbiyi Jorge Jesus uni jamoasining oʻrnini bosish eng qiyin boʻlgan futbolchisi va jamoaning „miyasi“ deb atadi. 2014-yilning 6-iyulida Pérez „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini qoʻlga kiritdi.

2014—2015-yilgi mavsum boshida Pérez Supertaça Candido de Oliveira gʻolibi boʻldi va shu tariqa 2014-yilgi kalendar yilida Benfica bilan toʻrtta Portugaliya chempionligini qoʻlga kiritdi.

Valencia



2015-yilning 2-yanvarida Ispaniya La Ligasining Valencia klubi Pérezni 25 million yevro evaziga sotib oldi, bu argentinalik futbolchi uchun oʻninchi eng yuqori toʻlov boʻldi. 4-yanvar kuni Pérez Valencia safida La Liga doirasida Real Madridga qarshi oʻyinda (2:1) debyut qildi.

River Plate



2017-yilning 29-iyunida Pérez Argentinaga qaytdi va River Plate bilan shartnoma imzoladi.

2021-yil 19-may kuni boʻlib oʻtadigan Libertadores kubogi oʻyini oldidan River Plate yigirmadan ortiq oʻyinchi, shu jumladan barcha toʻrtta darvozabon COVID-19 epidemiyasi tufayli oʻyinni oʻtkazib yuborishini eʼlon qildi. Zaxira oʻrinbosarlari boʻlmagan Pérez Kolumbiyaning Independiente Santa Fe jamoasiga qarshi toʻliq oʻyinda maydonga tushdi va River Plate 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Pérez bir qator muhim himoyani amalga oshirdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Xalqaro faoliyati



Pérez Argentina terma jamoasidagi debyutini 2009-yil 30-sentyabrda oʻsha paytdagi bosh murabbiy Diego Maradona qoʻl ostida Gana bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi, yakunda jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

2014-yil 2-iyun kuni Pérezni murabbiy Alejandro Sabella 2014-yilgi Jahon chempionatiga chaqirdi. Yarim himoyachi Angel Di Maria chorak finalda jarohat olganidan soʻng, Pérez Germaniyaga qarshi yarim finalda ham, finalda ham maydonga tushdi va Argentina qoʻshimcha vaqtdan keyin 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.

2018-yil may oyida Pérez Argentina terma jamoasining 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibiga kiritildi, ammo yakuniy roʻyxatda eʼlon qilinmadi. Biroq, 2018-yilning 9-iyunida u jarohat olgan Manuel Lanzini oʻrniga oʻynash uchun chaqiruv oldi.

Faoliyat statistikasi



Klub




2018-yil 9-iyun holatiga ko'ra[31]:

Xalqaro



2018-yil 30-iyun holatiga ko'ra:

Ballar va natijalar roʻyxati Argentinaning gollari soni birinchi boʻlib, ballar ustuni Pérezning golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi.

Yutuqlari



Godoy Cruz

Estudiantes

Benfica

River Plate

Argentina

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz