Enver Ablaev




Enver Nazimovich Ablaev (ukraincha: Енвер Назимович Аблаєв, qrim tatarcha: Enver Nazim oğlu Ablayev, Энвер Назим огълу Аблаев ; 1977-yil 5-iyunda Chirchiqda tugʻilgan) — oʻzbek va ukrainalik erkin changʻichi (akrobatika boʻyicha ixtisoslashgan). Birinchi ukrainalik erkin changʻichi — Madonna di Kampiglioda 2004—2005-yilgi erkin uslub boʻyicha jahon kubogi gʻolibi (2005-yil 11-mart). Xalqaro toifadagi sport ustasi. Hozirda Ukrainaning erkin changʻi boʻyicha terma jamoasi bosh murabbiyi.

Hayoti



Oʻzbekistonlik, millati qrim-tatar. U 16 yoshida Raubichida Ukrainaga kelib, Ukraina sport fuqaroligini olgan. Chunki, Oʻzbekistonda sportni moliyalashtirish kamligi sababli, mamlakat uchun muvaffaqiyatga erisha olmasligiga ishonchi komil boʻlgan edi. Birinchi murabbiyi Anatoliy Mazur, keyin Galina Dosova boʻlgan. Ujgorod milliy jismoniy tarbiya universitetini tamomlab, Ukrainaning yetakchi sportchilaridan biriga aylanadi. Mukachevoning „Kolos“ klubida oʻynagan.

Davlat mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz