Envell qahramonlari




Envell qahramonlari (ruscha: Герои Энвелла) Parovoz studiyasi tomonidan yaratilgan rus animatsion teleserialidir. Multserial „Envell olami“ga portal boʻlib chiqadigan gʻayrioddiy noutbukni topib olgan 4 geymer haqida hikoya qiladi. Filmning 2-mavsumi rasmiy ravishda uning yakuni deb eʼlon qilingan.

Mazmuni



1-mavsum



Sankt-Peterburgdagi maktablarning biridagi geografiya fani oʻqituvchisi Mariya Stepanovna sinfxonadan noutbuk topib oladi va uni, oʻquvchilardan biri qoldirib ketgan, deb oʻylab, maktabdagi xonasiga olib borib qoʻyadi. Shu kunning ertasiga u Art, Kira, Fill, Vik va Ilyaning telefonlarini darsda foydalanganliklari uchun olib qoʻyadi. Ular (Ilyadan tashqari) tanaffusda telefonlarini olish uchun oʻqituvchisining xonasiga kirishadi va ixtiyoriy ravishda uni ishga tushirishadi. Voqealar davomida ular oʻyindagi bosh yovuz Morgart reallikka chiqmoqchi boʻlganini va buning uchun unga geymerlar topib olgan,,Firibgarlar kubiʻʻ kerakligini bilib olishadi. Ammo ular kubni qoʻldan chiqarishadi va oʻyinda 1 oy qolib ketishadi! Morgart oʻyindan chiqishning kubdan tashqari, yagona boʻlgan yoʻli — darvozalar (noutbuk)ni sindirib tashlaydi. Geymerlar Salamandra yordamida tashqi olam bilan aloqa oʻrnatishadi va Ilyadan noutbukni tuzatishni soʻrashadi. U (fizika oʻqituvchisi yordamida) noutbukni tuzatadi va ular oʻyindan chiqishadi. Lekin Morgart shahar aholisini, tom maʼnoda,,zombiʻʻga aylantiradi, geymerlarni qurollarini tortib oladi. Ammo Vik Morgartni oʻyinga qamab qoʻyadi. Kub qahramonlarda qoldi, noutbuk esa qayta tiklab boʻlmaydigan darajada parchalanib ketdi. Shahar aholisining xotirasidan 1 kun oʻchib ketdi.

2-mavsum



Ushbu mavsum sujeti 1-mavsumnikidan yarim yil oʻtib sodir boʻladi va bu mavsumda yaxshilar yovuzga, yovuzlar yaxshiga aylanadi. 17 yoshli Qahramonlar bu mavsumda hayot tashvishlarini ham boshidan oʻtkazishadi. Artning ushbu oʻyin haqidagi film fikrini produserlar qoʻllab-quvvatlamaydi, shuning uchun u Kira bilan Moskvadagi boshqa studiyaga, keyinchalik Nyu-Yorkga ketmoqchi boʻladi. Kira esa Artning bu fikriga,,Bir vaqtning oʻzida ham borgim keyapti, ham bormagim kelyaptiʻʻ deb javob aytmoqchi, chunki u ishxonasidagi hayvonlardan xavotirda. Fill esa oʻyin yaratishiga pul yigʻish uchun restoranda ishlashga va u yerda Ilyaning tazyiqlariga chidashga majbur. Vik oʻyindan qolgan yagona yodgorlikni tuzatish uchun harakatda. Vik kamerani tuzatgach, undan yordam signalini kelganini koʻrgan qahramonlar oʻyinga kirishadi. Neytral manzillarning birida ular bilishadiki, oʻyinchilar oʻyinni oʻchirib tashlashlarini bilgan Bakvit hamma oʻyinchilarni oʻldirgan vs yovuzga aylanib qolgan hamda u qahramonlarga qarshi olishmoqda. Ular qurollarini qaytarib olish uchun Morgartni ozod qilishadi (Chubakabr yordami bilan). Vik Morgart bilan kelishuv tuzadi. Kelishuvga koʻra M. Vellni tiriltirishi kerak. Bakvitga qarshi boʻlgan soʻnggi jangda Bakvit yengiladi, kub sinadi, Morgart halok boʻladi, qahramonlar qolgan oʻlgan oʻyinchilarni olib oʻyindan chiqishadi. Ular oʻlganlarni tiriltirish davomida muammoga duch kelishadi, yaʼni ular faqat Morgartni, Mariya Stepanovnani va Larsenni ozod qila olishadi. Morgartni Mariya Stepanovna va Larsen kishanlab boshpanaga olib borishadi. U yerga tasodifan borib qolgan Vik oʻyinni xavfsiz oʻchirib boʻlmasligini, agar u oʻchirilsa u yerdagi hamma narsa, shu jumladan Vell ham oʻchib ketishini tushunib yetadi va Morgartni ozod qiladi. Lekin Morgart Ilya topib olgan,,Dunyo markaziʻʻ yordamida real olam va Envell olamini birlashtiradi. Shu qismda Vik Morgart qoʻlidan oʻldirildi. Shundan soʻnggi qismlar davomida ular Envell olamida (51-qismgacha) yashashadi… 52-qismda real olam tiklangach, 51-qismdan maʼlum boʻlishicha dunyo aholisining xotirasidan (Qahramonlar va Ilyanikidan tashqari) 6 oy oʻchib ketdi.

Qahramonlar




Ijodiy guruh





Qismlar roʻyxati



Deyarli barcha qismlar sujet boʻyicha qahramonlar tomonidan ochiladigan oʻyin joylarining nomiga ega. Birinchi mavsumda istisnolar: 1-qism „Yangi oʻyin“ (oʻyindagi joy nomi: Mashq maydonchasi), 18-qism „Oʻyinni davom ettiring“ (sujet haqiqiy dunyoda sodir boʻladi) va 19-qism „Xarita chekkasi“ (qahramonlar bu joyni hazillashib Lesha amakining dachasiga atashgan; oʻyinning haqiqiy joyi — „Xarita cheti“), 25 va 26 „Final“(bu voqea).

2019-yil 1-iyulda ijodkorlar ikkinchi mavsumni eʼlon qilishdi. Bu birinchi mavsumdan bir yarim-yil oʻtgach sodir boʻladi. Qism nomlari, shuningdek, harakat sodir boʻladigan joylar va voqealarga ham tegishli. Istisnolar: „Tanaffus“ 27-qism, „ Dunyo markazi“ 37 -qism (bu joy emas, ob’ekt), 38-qism „Minora tomon yoʻl“, 51-qism „Oʻyin tugadi“ (bu voqea), 52-qism „Sarlavhalar“.


Toʻliqmetrajli multfilmlar




Chiqarilish sanasi : 2019-yil 29-noyabr, Disney Channelda. Film syujeti 18- qismdan (Oʻyinni davom ettiring) 26- qismgacha (Final) tugaydigan animatsion serialning 9 kombinatsiyalangan qismidan iborat.


Kannda koʻrsatish



Envell qahramonlari 25 yil ichida Kann-dagi nufuzli MIP Junior koʻrgazmasida namoyish etilgan birinchi rus seriali edi. MIPJunior direktori Lyusi Smitning soʻzlariga koʻra, ,,multfilmning oʻziga xosligi shundaki, u maktabgacha yoki oʻsmirlarga emas, balki oʻsmirlikdan oldingi (8-14 yoshli) tomoshabinlarga qaratilganʼʻ.

MIPJunior natijalariga koʻra,,Envell qahramonlariʻʻ 1500 dan ortiq animatsion seriallar roʻyxatida 20-oʻrinni egalladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz