Entomofiliya




Entomofiliya (yun. — hasharot va...filiya) — oʻsimliklarning hasharotlar yordamida chetdan changlanishi. Entomofil oʻsimliklar gullari yirik va rangli boʻlishi, hid tarqatishi, nektar ajratishi bilan hasharotlarni jalb qiladi. Gul changlari yirik, gʻadirbudur va yopishgan boʻlganidan hasharot tanasidagi tuklarga ilashib, boshqa gullarning urugʻchisi tumshuqchasiga kelib tushadi. Bir qancha oʻsimliklar guli faqat muayyan tur hasharot orqali changlanishga moslashgan (yana qarang Changlanish).



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz