ENTOMOFIL O’SIMLIKLAR (Yunoncha — hasharot va — sevaman) — hasharotlar vositasida (chetdan) changlanuvchi o’simliklar. Bunday o’simliklar o’ziga jalb qiluvchi ma’lum belgixususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, moychechak, bo’tako’z kabi o’simliklarning guli chiroyli, yorqinligidan hasharotlarni o’ziga jalb qiladi. Raffleziyasimonlar va tropik mintaqadagi orxislar esa badbo’y hid taratadi (shu sababli ularga o’limtik yoki axlatlarda ko’payadigan pashsha va qo’ng’izlar qo’nadi). Hasharotlar guldan gulshira oladi yoki shu gulning changi bilan oziqlanadi. Guldangulga qo’ngan hasharot biron gulning changchisidan olgan changni boshqa gulning urug’chisiga tushiradi, shu tariqa urug’chi changlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish