Entertainment Software Association
Entertainment Software Association (ESA) — Amerika dasturiy taʼminot va oʻyin sanoati assotsiatsiyasi. 1994-yil aprel oyida
Interactive Digital Software Association (IDSA) nomi ostida tashkil etilgan va 2003-yil 16-iyulda ESA nomiga oʻzgartirtirilgan. Vashingtonda joylashgan.
ESA aʼzolariga Atari, Capcom, Disney Interactive Studios , Eidos Interactive, Electronic Arts, Konami, Microsoft, Midway Games, Namco Bandai, Nintendo, Sega Sony Computer Entertainment, Square Enix, Take Two Interactive, THQ va WildTangent kabi oʻyin biznesidagi yirik nashriyot kompaniyalari (yoki ularning AQShdagi shoʻba korxonalari) hisoblanadi.
ESA dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Duglas Lovenshteyn (inglizcha: Douglas Lowenstein) ESA asoschisi va birinchi rahbari boʻlgan. 2007-yil 17-mayda uning oʻrnini amerikalik siyosatchi Maykl Gallaxer (inglizcha: Michael Gallagher) egalladi. Uyushma Xalqaro intellektual mulk birlashmasining aʼzosi hisoblanadi.
Entertainment Software Association aʼzolari roʻyxati
Qalin harflar bilan yozilgan kompaniyalar, Entertainment Software Association aʼzolari sifatida, rasmiy veb-saytda koʻrsatilgan.
2008-yil 23-mayda Activision , Vivendi Universal , LucasArts va id Software ESA aʼzoligini bekor qildi.
ESA aʼzolari
2017-yil may oyi holatiga koʻra, quyidagi kompaniyalar ESA aʼzosi boʻlgan:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org