ENTALPIYA (Yunoncha — isitaman) — termodinamikada — termodinamik tizimning holat funktsiyalaridan biri (N). Qaytar izobarik jarayonda Entalpiyaning o’zgarishi tizimga berilgan (yoki tizimdan olingan) issiqlik miqdoriga teng. Shuning uchun Entalpiya bosim o’zgarmaydigan sharoitda sodir bo’luvchi fazalar almashuvlarida, kimyoviy reaktsiyalar va boshqalarda isiqlik effektini ifodalaydi. Bosim o’zgarmaydigan adiabatik jarayonlarda Entalpiyaning qiymati ham o’zgarmaydi. Ba’zan Entalpiya issiqlik funktsiyasi deb ataladi. Entalpiya termini gollandiyalik fizik X. Kamerling-Onnes tomonidan kiritilgan. Xalqaro birliklar tizimida Entalpiya Joul (J) larda ifodalanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish